Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Buffon: Afsona hayotidan afsonaviy kadrlar

Buffon: Afsona hayotidan afsonaviy kadrlar

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolning eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Janluidji Buffon butsalari va qo‘lqoplarini mixga ildi.

Lekin kamdan-kam futbolchiga nasib etadigan uzoq yillik faoliyatida u bir qator unutilmas lavhalarni namoyish etdiki, ularni faqat muzyurak muxlisgina xotirjam kuzatishi mumkin. Janluidji Buffon 1995 yilda «A» seriyasidagi debyutini nishonladi. O‘sha paytlarda jamoalar faqat ikki nafar o‘yinchini almashtirish huquqi berilar, endi paydo bo‘la boshlagan antennali ulkan mobil telefonlar oliy maqomdagi dabdaba belgisi edi. Keling, yaxshisi, afsonaviy darvozabon faoliyatidagi muhim bosqichlarni esga olaylik.

1998 yil, sentyabr. Buffon jurnal mutolaasiga shunchalik berilib ketdiki, qo‘l-qopni yechib qo‘yishni ham unutib qo‘ydi. Lilian Tyuram va Enriko Kyezalar ham qiziqib qolishgan.

2000 yil, aprel. Buffon «Milan» ustidan erishilgan g‘alabani fayer bilan nishonlamoqda. Yagona gol muallifi Ernan Krespo.

2006 yil, iyul. Buffon bosh murabbiy Marchello Lippining qo‘lidan o‘z faoliyatidagi asosiy sovrinni olmoqda. Mundial finalida italiyaliklar fransuzlar ustidan penaltilar seriyasida g‘olib chiqishdi. Janluidji o‘ta murakkab o‘yinni o‘tkazdi.

2007 yil, may. «Yuventus» «Aresso»ni taslim etish bilan «V» seriyasidan «A» seriyasiga ko‘tarilishni kafolatladi. Ana shu muvaffaqiyat uchun jamoa maxsus futbolkalarni tayyorlab qo‘ygandi.

2009 yil, aprel. Buffon Italiyadagi «Chiambretti tuni» TV-shousiga tashrif buyurdi. O‘shanda 31 yoshli darvozabon quyidagicha bayonot bergandi: «Yana 4-5 yil o‘ta yuksak saviyada o‘ynay olaman».

2011 yil, dekabr. Buffon Yangi yilni Dubayda o‘sha paytdagi rafiqasi Alyona Sheredova bilan kutib olmoqda. Chexiya go‘zali va fotomodel 2011-2014 yillarda Jidji bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygandi.

2014 yil, iyun. Buffon muxlislarning pirotexnika vositalari ta’siri tufayli tumanda qolib ketdi. Mazkur kadr Yevro-2012dagi Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o‘yindan olingan.

2016 yil, may. Buffon 12-marta Italiya chempioni bo‘ldi. To‘g‘ri, «Yuventus»ni ikkita sovrindan judo qilishdi.

2017 yil, iyun. Buffon finaldagi «Real»dan qabul qilingan mag‘lubiyat tufayli YECHL Kubogini qo‘lga kirita olmadi. Nufuzli sovrin afsonaviy posbon uchun armonga aylandi.

2017 yil, avgust. Buffon YECHLning qur’a tashlash marosimida mehribonlik bilan Ronalduning oyog‘ini bosib qo‘ydi. O‘sha pallada darvozabon «Yuve»ning g‘olib bo‘la olmasligiga qaysi jamoa sabab bo‘lishini bilmasdi.

2018 yil, aprel. «Real»ga qarshi mashhur 1|4 final bellashuvi. Mazkur uchrashuvdan keyin Jidji uchrashuv hakami Oliverning ko‘ksidagi yurak emas, axlat qutisi ekanligini aytgandi.

2018 yil, iyul. 40 yoshli Buffon o‘z faoliyatini «PSJ»da davom ettirdi. Parijda u ko‘p (17ta o‘yinda18ta gol o‘tkazib yuborgan) o‘ynamadi, lekin Fransiya chempioni bo‘ldi.

2023 yil, mart. Buffon «B» seriyasidagi «Komo»ga qarshi uchrashuv startida Sesk Fabregas bilan vimpellar almashmoqda.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:01, 21.08.2023.
O'qildi: 1630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик