Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertangi o‘yinda favorit yo‘q»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertangi o‘yinda favorit yo‘q»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ertaga O‘zbekiston superkubogi doirasida «Paxtakor» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. 

Uchrashuv oldidan qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanining ikkinchi qismida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirdi. 

«Ertangi o‘yinda favorit yo‘q deb hisoblayman. Ikkala jamoa ham bor kuchini ishga solishi aniq. Faqat vaziyatlardan unumli foydalanish muammosi pand bermaydi degan umiddaman. Bosh maqsadimiz bir - yana bir sovrinni qo‘lga kiritish.

Hozir ikki klubni ham bir xil darajada deyish mumkin. Chempionat hamda kubok bahslari, shuningdek, xalqaro maydonda ham bizni qiyin bahslar kutib turibdi. Har bir musobaqaga bir xil kuchni tashlash uchun maksimal ishlaymiz. Ertangi bahsning muhimligini tushunib turibmiz va murabbiy aytgan ko‘rsatmalarni kerakli ko‘lamda bajaramiz. O‘z kuchimizga ishonch yuqori. Bu prinsipial bahs. Kuchli jamoa g‘alaba qozonadi. Albatta, o‘sha klub biz bo‘lamiz.

Murabbiy o‘z iste’fosi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.

Iste’fo har bir murabbiyning taqdirida bor narsa. Ertami kechmi bu sodir bo‘ladi. Lekin mening bugun bu haqda o‘ylashga haqqim yo‘q. Qachon ishdan ketishimdan qat’iy nazar mavsum oldidagi rejalarni bajarishga katta urg‘u beraman. Nima bo‘lgan taqdirda ham qilgan ishimdan faxrlanaman. Hammasini «Nasaf» va uning sodiq muxlislari uchun qilganman.

Natija, bu sovrin hozir hammaga muhim. Taktik yurishlar kuchli bo‘ladi deb o‘ylayapman. Kichik detallarga ham e’tibor berish talab etiladi. Zero, avvalgi bahslarda bo‘lgani kabi bu ham oyoqdan chalib qolmasligi zarur. Chunki har ikki jamoa bir-birini juda yaxshi biladi.

Hujumchi muammosi o‘tgan yil ham kuzatilardi. Biroq endi Norchayev ketgach, bu muammo yana ham keskinlashib ketdi. Yangi hujumchilar oldik. Muammoni yechish maqsadida legionerlarga suyandik. Mashgulotda ishlamoqdamiz. Shunga qaramay muammoning o‘zgarishi qiyin bo‘lyapti», – dedi Berdiyev.

Kiritildi: 20:30, 23.08.2023.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.