“Inter” himoyachisi Valentino Lazaro “Torino” futbolchisiga aylandi, deb xabar bermoqda Turin klubi matbuot xizmati.
27 yoshli avstriyalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsumda “Torino”da ijara asosida o‘ynagan. U jamoa safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Lazaroning narxini 5 million yevroga baholamoqda.













