Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

25 avgust sanasida jahon futbol olamidagi eng muhim transfer yangiliklari bilan tanishing.

"Bavariya" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

"Bavariya" Isroil terma jamoasi darvozaboni Daniel Peres bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Futbolchining transfer summasi 5 million yevroni tashkil etadi. 23 yoshli isroillik bilan shartnoma 5 yil muddatga imzolangan. Peres hozircha Sven Ulrayx bilan "Bavariya" darvozasidagi joy uchun kurashadi.

"Monako" "Arsenal"dan to‘purar hujumchi oladi

RMC Sport nashrining yozishicha, "Monako" "Arsenal" bilan Falorin Balogun transferi bo‘yicha kelishib oldi. Monegasklar 22 yoshli amerikalik uchun 45 million yevro to‘laydi. O‘tgan mavsumda Balogun "Reyms"da ijara asosida o‘ynagandi. Hujumchi hisobiga barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlikni yozdirib qo‘ygan. Balogunning "Arsenal" bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Ammo endi forvard "Monako"ga yo‘l oladi.

"Arsenal" futbolchisi bu safar La Ligaga yo‘l oladi

Nufuzli jurnalist Devid Ornshteynning xabar berishicha, "Arsenal" va "Real Sosyedad" himoyachi Kiran Tirnining ijarasi bo‘yicha kelishuvga yaqin. Shotlandiyalik futbolchi yaqin kunlarda basklar safiga qo‘shilish uchun Ispaniyaga uchib ketadi. Klublar ijara bo‘yicha kelishib olishgan. Tirni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan, shundan so‘ng Kiran "Sosyedad" futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Ayaks"dan "Vest Xem"ga ajoyib transfer

Fabrisio Romano "Ayaks"dan "Vest Xem"ga Muhammad Kudusning transferi haqida ma’lumot berdi. Amsterdamliklar 23 yoshli futbolchi uchun 45 million yevro + bonuslar olishadi. Muhammad 5 yillik shartnoma imzolaydi va 26 avgust, shanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Joriy mavsumda Kudus uchta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Xavi boshqa yarim himoyachini xohlaydimi?

"Barselona" yozda allaqachon Oriol Romeu va Ilkay Gyundoganni qo‘lga kiritgan. Biroq, Xavi ko‘proq narsani xohlaydi. Todofichajes xabariga ko‘ra, "Barsa" "Tottenxem" yarim himoyachisi Jovani Lo Chelsoga qiziqish bildirmoqda. Argentinalik futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumni “Vilyarreal”da ijara asosida o‘tkazgan. Balki futbolchi Xavini o‘z o‘yini bilan hayratga solgandir. Transfermarkt Lo Chelsoni 14 mln yevroga baholamoqda. Bu katta summa emas, lekin "Barsa" to‘liq transferni amalga oshirishi dargumon. Ehtimol, agar o‘tish sodir bo‘lsa, unda faqat ijara asosida ro‘y berishi mumkin.

"Fenerbaxche" "Manchester Yunayted"ga ketadigan darvozabonga o‘rinbosar topdi

Xorvatiya terma jamoasi va Zagrebning “Dinamo” klubi darvozaboni Dominik Livakovich “Fenerbaxche” futbolchisiga aylandi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti. “Fener” darvozabon uchun 6,65 million yevro + 950 ming yevro bonus to‘laydi. Livakovich Istanbul klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Qizig‘i shundaki, 28 yoshli Livakovich bungacha Xorvatiyadan tashqarida o‘ynamagan. Darvozabon 2015 yilda "Dinamo"ga o‘tgan.

"Liverpul" Salohning o‘rniga yulduz topdimi?

Tuttomercatoweb nashrining Tuttosport nashriga tayanib xabar berishicha, agar Muhammad Saloh “Al-Ittihod”ga ketsa, “Liverpul” Federiko Kyezani sotib olishga harakat qiladi. Yurgen Klopp "Yuventus" vingerini misrlik futbolchining o‘rniga ko‘rmoqda. Turinliklar Kyeza uchun taxminan 60 million yevro olmoqchi. O‘tgan mavsumda Federiko “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 33ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy mavsumda 25 yoshli italiyalik bitta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

"Manchester Yunayted" Fergyuson qo‘l ostida o‘ynagan himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

"Manchester Yunayted" himoyachi Jonni Evans bilan to‘liq shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda. The Telegraph nashrining yozishicha, mankunianliklar futbolchining hozirgi formasiga qoyil qolishgan. Evans "Manchester Yunayted" bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. "Yunayted" futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qildi, kelishuv yaqin kunlarda yopiladi. Jonni - "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoadagi debyutini 2007 yilda o‘tkazgan, klub bilan birgalikda Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida Premyer-ligada g‘olib chiqqan. Evans so‘nggi yillarda "Lester"da o‘ynadi. 2022/2023 yilgi mavsum oxirida uning “tulkilar” bilan shartnomasi tugadi va u erkin agentga aylandi.

Yevropa chempioni - 2016 va Mbappening sobiq sherigi vataniga qaytdi

Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Moutinyo "Braga"ga o‘tdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti. Erkin agent bo‘lgan 36 yoshli futbolchi bir yillik shartnoma imzoladi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Moutinyo shartnoma bo‘yicha yiliga 400 ming yevro oladi. Avval Joau Portugaliyada “Sporting” va “Portu” klublarida to‘p tepgan, shuningdek, “Monako” va “Vulverxempton”da ham o‘ynagan. Fransiyada Moutinoning yo‘li Kilian Mbappe bilan kesishgan. 2016 yilda esa Ronaldu bilan birgalikda Yevro oltin medalini qo‘lga kiritdi.

"Arsenal" Timber o‘rnini "Torino" futbolchisi bilan yopmoqchi

Turinning "Torino Granata" gazetasi yozishicha, "Arsenal" "Torino" himoyachisi Perr Sxyursga qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, londonliklar himoya markazini mustahkamlamoqchi va niderlandiyalikni munosib nomzod sifatida ko‘rmoqchi. E’tibor bering, "Arsenal" Yurriyen Timberni xoch qismidagi jarohati tufayli yo‘qotdi, shuning uchun "kanonirlar" bu pozisiyani kuchaytirishga qarshi emaslar. 23 yoshli Sxyurs Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra 25 million yevroga baholangan.

Kiritildi: 07:51, 26.08.2023.
O'qildi: 6152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.