Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Olimpiada yo‘lida nodir futbol loyihasi! (2-qism)

Olimpiada yo‘lida nodir futbol loyihasi! (2-qism)

Baho:
+ | -

Futbolimizni har qancha tanqid qilmaylik, ijobiy o‘zgarishlar ham bor, albatta. Deylik, Olimpiada yo‘lida tuzilgan «Olimpik» loyihasi xorijda ham e’tirof etilmoqda. To‘g‘ri, Temur Kapadze boshqaruvidagi klub va terma jamoa uchun asosiy sinovlar endi boshlanadi. Loyiha nechog‘li muvaffaqiyatli chiqqanini U-23 terma jamoasining Parij-2024ga yo‘llanma olish-olmasligi ko‘rsatib beradi, albatta. Barchasi vaqt hukmidagi masala. Hozircha esa «Sport Den za Dnem» nashri tomonidan «Olimpik» loyihasi xususida tayyorlangan maqolaning ikkinchi qismiga e’tibor qaratamiz.

Kagavaga o‘xshash «yangi o‘zbeklar»

Milliy arenadan tezda chiqib ketishning iloji topilmadi. Yo‘q-yo‘q, koreyslar ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin muxlislar stadiondan chiqishda tartibsiz harakatlanishmadi. Shunchaki, avtomobildagi hamrohim - «Pari NN»ning yangi xaridi Ruslan Jiyanov bilan suratga tushishni xohlagan yosh bolalar uning yo‘lini to‘sib qo‘­yishdi. Jiyanov - «Olimpik» mahsuli. U o‘tgan yilning noyabrida Rossiya termasiga qarshi kechgan o‘yin (0:0)da milliy jamoada ham debyut qildi. Ruslan shuningdek, U-23 termasi bilan Osiyo chempionati finaligacha yetib bordi. O‘zbekistonlik yoshlar o‘sha hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistoni termasiga yutqazishgandi. Aytish kerak, arablar tarkibida maydonga tushgan ayrim yigitlar keyinchalik JCH-2022da Argentina termasiga qarshi kechgan va sensasion g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda ham ishtirok etishdi. Jiyanov - «yangi o‘zbeklar» timsoli. E’tibori faqat o‘yin­ga qaratilgan, stadionda «engilgina ovqatlanadigan» odamlarni ko‘rib, rosa xijolat ham tortdi. Ehtimol, hattoki, g‘azabga tushgandir. «Olimpik»ka O‘zbekiston futbolida kam uchraydigan mutaxassis - nutrisiolog yolladik, - deydi Jiyanovning murabbiyi Temur Kapadze. - Olesya ismli qiz mahalliy fitness-klublarda ham ishlaydi va sportchilarga ovqatlanish tartibi, menyular tuzadi. Bu biz uchun ikki baravar muhim, chunki O‘zbekistonda taomlar asosan yog‘li, sportchilar uchun nima yaxshi ekanligini darhol aniqlash qiyin. Oldingi tushunchaga muvofiq, futbolchiga faqat oyoq kerakligini aytishardi, endi esa butun tanani mustahkamlash uchun doimiy ravishda ishlash talab etiladi. Shu tariqa bizda professionallik va o‘quv jarayoni sifati oshdi». U-20 terma jamoasi o‘yinini ko‘rgan kishida bunga shubha qolmaydi. OK kashfiyotlari - Abbos Fayzullayev (chempionatning eng yaxshi futbolchisi) va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1-2 hafta ichida Yevropaning ko‘plab klublari short-varaqasiga kirishdi. Fayzulayev «Olim­pik»da o‘ynamagan, chunki «Paxtakor»da yaxshi mavqega ega bo‘lgan, hatto «Kagava» laqabini olgan, ikkinchisi esa Kapadze ishining toza mahsuli. Xoldorxonov «Paxtakor» o‘rinbosarlar jamoa­sidan olingan. Uning asosiy tarkibga kirishi imkonsiz edi, axir milliy jamoa o‘zagi «Paxtakor»da. Zaxiraning deyarli 80 foizi «pichoq osti»da turadi. Kapadze jamoa­si tarkibining yarmini tushunarsiz maqomda mamlakat bo‘ylab sayr qilish ortidan umidsiz istiqbolga aylanib qolishgan «Paxtakor» bolalari tashkil etishlarida ajablanarli tomoni yo‘q... «Olimpik» ichidagi raqobat hujum uchida har qanday vazifani bajaradigan va Eldor Shomurodov darajasiga erishish salohiyatiga ega Xoldorxonovga Fayzullayev bilan birga g‘alabali Osiyo kubogida asosiy «figura»lardan biri bo‘lish imkonini berdi. «Agar «Olimpik» tuzilmaganida, bu yigitlarni hech kim bilmasdi, - deydi o‘zbek futboli nyuanslaridan yaxshi xabardor agent Qahhor Mo‘minov. - Zero, «Paxtakor» o‘rinbosarlar jamoasidagi ko‘plab yigitlar e’tibordan chetda qolishardi. «Olimpik» loyihasi boshlanganiga atigi 2 yil bo‘ldi, qizig‘i, aynan shundan buyon O‘zbekistonda futbolga nafaqat sevimli mashg‘ulot, balki ijtimoiy lift sifatida ko‘rashmoqda. Bu ham klubning tez o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biridir...».

«Olimpik»ka «tashna» holda

O‘zbekistonlik futbolchilarni pul bilan taltaytirish bir vaqtning o‘zida ham oson, ham qiyin. Ular uchun atrof-muhit, nazorat muhim. Oston O‘runovning «Spartak» kengliklarida adashib qolgani bunga yaqqol fakt. «Ha, «Olimpik» - ijtimoiy loyihadir, - deydi klub prezidenti Saken Polatov. - Yo‘q, o‘zingiz xohlamagan yuklama emas, balki rohat bag‘ishlaydigan ish. «Olimpik»ka kelgan yigitlar yaxshi ma’noda «tashna» edilar. G‘alabaga tashnalik. Yigitlardan birining oilasi qanday sharoitda yashayotganini o‘zimiz ko‘rdik. aksariyat bolalar poytaxtga chekka hududlardan kelishgan. Ha, ba’zilari to‘liq ta’minotga egalar, lekin hech kim taltaygan emas. Boshqa tomondan, bu loyiha futbol xuddi boks kabi O‘zbekistonda ijtimoiy lift ekanligini ko‘rsatdi, shubhasiz. Shunchaki, ko‘zlari yonayotgan, g‘ayratli yigitlarga muhtojmiz, chunki Tokio Olimpiadasiga chiqish imkoniyati qo‘ldan chiqarilgach, mamlakat rahbariyati oldimizga vaziyatni to‘g‘rilash vazifasini qo‘ydi».

Temur Kapadze «Olimpik» futbolchilari uchun - murabbiy, aka va ota. Shu bilan birga loyiha kuratorlari g‘oya bir qarashda bahsli tuyulganini tan olib, murabbiy talablariga muvofiq yurishdi. Deylik, Kapadze o‘yin vaqtidan qat’iy nazar, klubda barcha yigitlar teng miqdorda mukofot va maosh olishlarini xohladi. «Agar jamoada futbolchilar ko‘pi bilan 200-300 dollar olishsa, maosh miqdori nega  farqlanishi kerak? - deya izohlaydi Kapadze. - Biz umumiy ishni bajaryapmiz, bugun bir futbolchi o‘ynasa, ertaga boshqasi maydonga tushadi. Maqsad - o‘ynash uchun asosiy tarkibga kirish. Natijadan tashqari, futbolchini rivojlantirishimiz kerak, bunda hamma maydonda o‘yin vaqti olishi shart. Hozirda barchaga tushunarli o‘yin tamoyillarini aniqlab bo‘ldik, endi yigitlar bu doirada o‘zlarini namoyon etsalar, bas. Yig‘inlarda jamoani darhol ikki tarkibga ajratamiz va o‘zaro o‘ynatamiz. Bu ra-qobat barchani ke-rakli darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Umuman, odatda mashg‘ulotlar jarayo­nida nazorat o‘yinlari sonini ko‘paytiramiz.  Deylik, kamida 8ta uchrashuv tashkil etamiz, shunda hamma amaliyot oladi, talab darajasidagi tonusga chiqadi».

2022 yilgi mavsum yakuni ko‘pchilikni yana bir bora hayratga soldi: «Olimpik» mavsum davomida biror yetakchidan yengilmadi va finishda 6-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, Kapadzening «o‘tkir tishli» jamoasi pressing hamda tezkor hujumga asoslangan o‘yin chizmasi bilan kuchli raqiblarga chinakam bosh og‘rig‘i bo‘ldi. Joriy yil bahorda ham bu «og‘riq» o‘tib ketmadi: Maksim Shaskix boshqaruvidagi «Paxtakor» yangi mavsum startida «Olimpik»dan 2:3 hisobida yengildi. Keyin raqib rahbarlari tan olishdi: lo­yiha «Paxtakor» yoshlarini qayta kashf etish asnosida ham o‘zini to‘liq oqlamoqda. Temur Kapadzening yana bir sharti biroz g‘alati yangraganini aytish kerak: «Olimpik» murabbiyi jamoa asosi uchun «amakilar»ni olishdan qat’iy bosh tortdi va 2 yil oralig‘ida tug‘ilgan yigitlar seleksiyasi bilan cheklandi. «Bundan ma’no nima? - deya savolni o‘rtaga tashlaydi Kapadze. - Bosh maqsadim shu yigitlarni toblab borishdir. Axir terma jamoa Olimpiada saralashida «qariya»larsiz qatnashadi. Demak, jamoada yetakchilar o‘z-o‘zidan, tabiiy ravishda paydo bo‘lishlari, o‘zlarini to‘liq namoyon etishlari, o‘sishlari va buni amalda ham tasdiqlashlari kerak. Shunday ekan, aniq maqsad bo‘yicha tuzilgan loyihaga allaqachon o‘z klublarining asosiy tarkibiga o‘rnashgan futbolchilarni tortishda mantiq yo‘q edi. Saviya bo‘yicha pasayish ularga hech qanday yordam bermasdi, men esa ko‘plab futbolchilar imkoniyati haqida muayyan tasavvurga egaman». Rossiya futbol ittifoqi «teng tengi bilan» tamoyili bo‘yicha noyob o‘smirlar musobaqasi - O‘FLni yo‘lga qo‘ydi. «Olimpik» aksincha, tap-tortmasdan kuchlilar bilan o‘ynash uchun yaralgan. Yosh jamoa Superligadagi birinchi mavsum 14ta o‘yinda durang qayd etdi, Kapadzening fikricha, bulardan 5-6tasida uning shogirdlari g‘alaba qozonishlari hech gap emasdi: «O‘yinlarda ko‘plab vaziyatlarni qo‘ldan chiqardik, foydalanish masalasida tajriba yetishmadi. Ko‘plab klublar bizga qarshi bahsda hujumga tez chiqishimiz va pressing orqali yaxshi o‘ynashimizni hisobga olib, himoyadan o‘ynadi. Ya’ni bizni asosan ikkinchi zonada «ushlashdi». Hattoki tajribali jamoalar ham zich himoyani yorib o‘tishda qiynalayotgan pallada «Olimpik» haqida nima deyish mumkin? Muhimi, murabbiy sifatida jamoa va yigitlar bilan birga o‘syapman, doimiy ravishda yangi xatolarni ko‘ryapmiz, ularni tuzatish va oldini olishni o‘rganyapmiz».

P.S.: davomi gazetamizning keyingi sonlarida.

Ivan JIDKOV, «Sport Den za Dnem»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 26.08.2023.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.