Bugun yaxshi imkoniyatlarga ega turk klubi haqida fikr yuritamiz.
Saudiya Arabistoni yozgi transfer oynasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Mahalliy klublar o‘zlarini Yevropada tanitishga muvaffaq bo‘lgan taniqli o‘yinchilar bilan shartnoma imzoladi. Biroq, bu shov-shuv fonida siz bir nechta yaxshi klublarni, masalan, "Galatasaroy"ni ko‘zdan qochirgan bo‘lishingiz mumkin.
Turk klubi katta salohiyatga ega yaxshi jamoani yig‘di. E’tiborlisi, "sherlar"ning ko‘plab futbolchilari u yoki bu sabablarga ko‘ra Yevropa klublari tomonidan hisobdan chiqarilgan bo‘lsa-da, Superligada yana imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Bunday hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘lib chiqdi. Keyin, "Galatasaroy"da ikkinchi imkoniyatni qo‘lga kiritgan va undan foydalanganlarni batafsil yoritamiz.
Anxelinyo
"Manchester Siti" futbolchisi sifatida Anxelinyo ko‘p imkoniyatlardan foydalana olmadi. Ammo o‘sha kamdan-kam hollarda ham yigitning katta salohiyatga ega ekanligi sezildi. Bu haqiqatan ham shunday ekanligini vaqt ko‘rsatdi. Ispaniyalik futbolchi turli klublar, ligalar va mamlakatlarda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi va hamma joyda qanot himoyachisi sifatida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Anxelinyoning asosiy muammosi - barqarorlikning yo‘qligi.
2020 yilning qishida futbolchi "Leypsig" klubiga ko‘chib o‘tdi va u yerda uzoq vaqt o‘z uyini topib olgandek tuyuldi. Ammo 2 yildan so‘ng ijara asosida "Xoffenxaym"ga, endi esa "Galatasaroy"ga o‘tdi. 26 yoshida Anxelinyo ko‘plab klublarni o‘zgartirdi, ammo u Turkiyada kechikishi mumkin. "Sherlar" futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega va murabbiy Okan Buruk unga ishonadi. Ispaniyalik futbolchi o‘yinda ham, hayotda ham barqarorlikni topish vaqti keldi.
Lukas Torreyra
Torreyraning yuqori saviyaga o‘tishi uzoq va qiyin kechdi. 2018 yilning yozida Lukas 29 million yevro evaziga "Sampdoriya"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi. Futbolchiga katta umidlar bog‘langan edi, ammo u London klubida atigi 2 yil o‘ynadi. Keyin "Atletiko" va "Fiorentina"ga ijaraga berildi. Madridda moslashish va o‘yin vaqti borasida hammasi yomon edi. Florensiyada urugvaylik futbolchiga ko‘proq yoqdi, ammo "binafsharanglar" uni qutqara olishmadi.
2022 yilning yozida “Galatasaroy” imkoniyatdan foydalanib, Torreyra bilan shartnoma imzoladi va ijara emas, to‘liq sotib oldi. Bitim 6 million yevroni tashkil qildi. Istanbulda Lukas boshlovchiga aylandi. O‘tgan mavsumda Superliganing 27 yoshli yarim himoyachisi 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Urugvaylik futbolchining Yevropadagi sarson-sargardonligi nihoyasiga yetganga o‘xshaydi. Nihoyat, unga ishongan klub topildi va u bilan to‘liq shartnoma tuzdi.
Hakim Ziyesh
Ziyesh - "Galatasaroy"ning eng oxirgi transferi. “Sherlar” bir necha kun avval “Chelsi”futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi. “Ko‘klar” futbolchidan qutulmoqchi bo‘lganligi sababli, ijara shartnomasi tuzayotganda turk klubidan hech narsa talab qilmadi. Qolaversa, "Galatasaroy" marokashlik futbolchi bilan to‘liq shartnoma imzolamoqchi bo‘lsa, uni doimiy ravishda tekinga saqlab qolishi ham mumkin. Bunday sharoitlar turk klubi uchun tuhfa.
Ziyesh "Ayaks"da yaxshi o‘ynadi va u o‘zining eng yaxshi futbolchi bo‘la olishini ko‘rsatdi. Natijada, "Chelsi" futbolchini 2020 yilning yozida sotib oldi. Bitim 40 million yevroni tashkil qildi. Biroq, marokashlik yarim himoyachi Londonda unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan 3 yilni o‘tkazdi - ham o‘yin vaqti, ham ko‘rsatkich bo‘yicha. Qishda uning "PSJ"ga, yozda "An-Nasr"ga o‘tishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Shu tariqa 28 yoshli vinger "Galatasaroy"ga o‘tdi. Taqdirning o‘zi Hakimni Turkiya ligasida faoliyatini qayta boshlashga undamoqda.
Vilfrid Zaa
So‘nggi bir necha yil ichida Zaa doimiy ravishda top-klublar bilan bog‘langan, ammo u doimo "Kristal Pelas"da qolgan. Yoki vaziyat transferga xalaqit berdi, keyin rahbariyat, keyin futbolchining o‘zi shartnomani uzaytirdi. APLda bir mavsumda 10 dan ortiq gol urgan va ko‘p assistentlik qilgan futbolchi top-klublar nazaridan chetda qola olmasdi. Ammo Angliyada Zaa abadiy umidvor bo‘lib qoldi. U "MYU" tarkibida to‘rtta o‘yinni hisobga olmaganda, "Kristal Pelas"dan nariga o‘ta olmadi.
Hozir Zaa 30 yoshda. Top-klub unga hech qachon qo‘ng‘iroq qilmagan, ammo yaxshi alternativ paydo bo‘ldi - "Galatasaroy". Ziyesh kabi Zaa ham boshqa ligada bo‘lsada, haqiqatdan ham top futbolchi ekanligini isbotlay oladi. Kot-d`Ivuarlik futbolchi turk klubiga shu yozda tekinga kelib qo‘shildi. Hozircha futbolchi "Selxerst Park"dagidek ko‘p o‘ynamayapti, ammo hammasi o‘ziga bog‘liq. Vilfridning vaqti va resurslari bor.
Mauro Ikardi
Ikardi uchun "Galatasaroy"ga o‘tish toza havo edi. Mauro uzoq vaqt "Inter"da o‘ynadi va ko‘p gol urdi, lekin baribir Antonio Kontega yoqmadi. 2019 yilda u "PSJ"ga ijaraga o‘tdi va u yerda Liga 1da 12 ta gol urdi. Bu parijliklarga ma’qul keldi va ular hujumchini 50 million yevroga sotib olishdi. Biroq Parijdagi keyingi 2 yil futbolchi uchun unchalik omadli bo‘lmadi - o‘yin vaqti xuddi samaradorlik ko‘rsatkichlari kabi qisqardi.
O‘tgan yozda Ikardi "Galatasaroy"ga ko‘chib o‘tdi va u yerda hech qanday mubolag‘asiz o‘zini oqladi. Mauro Superligada 24 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va shu zahotiyoq jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Albatta, "sherlar»" bunday futbolchini o‘tkazib yuborishi mumkin emas, ayniqsa, uning o‘zi qolishni xohlagani uchun. Ushbu yozda turk klubi 30 yoshli hujumchini "PSJ"dan 10 million yevro evaziga sotib olgandi. Kelishuvdan hamma xursand bo‘ldi, ayniqsa Ikardi Italiyada yana bir bor yaxshi qilgan ishini qila oladi.
Nikolo Dzanyolo
Qishda Dzanyolo "Roma" bilan janjallashdi. Rimliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilishmadi, bu esa unga mos kelmadi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Nikolo darhol klubini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, chunki u "Roma"da o‘ynamasligi aniq edi. O‘sha paytga qadar ko‘pchilik mamlakatlarda transfer oynasi yopilgan edi, lekin Turkiyada emas. Shu tariqa, "Galatasaroy" bilan variant paydo bo‘ldi. Turkiya klubi futbolchini "bo‘rilar"dan 15 million yevroga sotib oldi, hozirgi vaziyatda buni yaxshi kelishuv deb hisoblash mumkin.
Dzanyolo Istanbulda vaqtni behuda o‘tkazmadi. Yangi klubga moslashish imkon qadar tez bo‘ldi. Yarim mavsum davomida 24 yoshli yarim himoyachi Superligada 10ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi. Tomonlar uzoq muddatli shartnoma imzolashdi, biroq bu yoz futbolchi sotib olish opsiyasi bilan ijara asosida "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tdi. Italiyalik futbolchiga o‘z saviyasini ko‘rsatish va kuchli Premyer-liga jamoasiga o‘tish uchun yarim mavsum kerak bo‘ldi. Qisqa qilib aytganda, imkoniyatlardan shunday foydalanish kerak.