Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Yozning eng omadsiz transferi.. Endi bunday imkon bo‘lmasligi mumkin

Yozning eng omadsiz transferi.. Endi bunday imkon bo‘lmasligi mumkin

Baho:
+ | -

"Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinya yozning amalga oshmagan eng katta transferlaridan biri bo‘ldi. 28 yoshida u top-klubdan taklif oldi, bu u bir umr kutgan imkoniyat edi, ammo transfer oynasining so‘nggi kunida transfer amalga oshmay qoldi. Biz kunning eng qayg‘uli voqeasini aytib beramiz.

Hammani Fabrisio Romano hayratda qoldirdi: ijtimoiy tarmoqlardan birida u Palinyaning “Bavariya”ga o‘tishi barbod bo‘lganini aytdi. Bunga Myunxen jamoasi va “Fulxem” o‘rtasida kelishuvning ba’zi tafsilotlari bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘lishi mumkin.

"Futbolchi uchun ikki karra afsusdaman, chunki u allaqachon Germaniya chempioni libosida suratga tushishga muvaffaq bo‘lgandi, aniqki, klub yangi kelgan futbolchini tanishtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Joau hatto ikkita tibbiy ko‘rikdan ham o‘tgandi", - deb yozdi Romano.

Oldinroq “Fulxem” futbolchini Myunxenga qo‘yib yuborgani, biroq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun ruxsatisiz qo‘yib yuborgani xabar qilingandi. Transferning buzilishiga shu sabab bo‘lishi mumkinmi? Futbolchi va uning vakillari o‘zboshimchalik qilganmi? Bunday emasga o‘xshaydi. Unda nega londonliklar Germaniyaga uchishga ruxsat berishdi? Hikoya juda g‘alati va, ehtimol, tafsilotlar keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Palinya juda oddiy futbolchi, u Angliyada bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazdi. Joau 28 yoshda - bu uning uchun o‘rta saviyadan yuqori darajaga chiqish uchun birinchi va oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin edi. Portugaliyalikning "Fulxem" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, taxminiy narxi 40 million yevroni tashkil qiladi. "Bavariya" futbolchi uchun 65 million yevro to‘lashga tayyor edi.

Kelishuv muvaffaqiyatsiz bo‘lishining eng aniq sababi "Fulxem" bir kun ichida Palinya o‘rniga o‘rinbosar topmagani bo‘ldi. Ammo hozir bu sabab juda g‘alati ko‘rinadi. Bu o‘xshamagan transfer sabab "Fulxem" ikki narsani yo‘qotgan bo‘lishi mumkin: 1) Futbolchining motivasiyasi, 2) Kattagina pul.

Kiritildi: 09:34, 02.09.2023.
O'qildi: 3138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик