Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Sergey Arslanov: «Navbahor»ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ldi»

Sergey Arslanov: «Navbahor»ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida termizliklar bosh murabbiyi Sergey Arslanov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Uchar tulporlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

– Barchaga xayrli kech! Avvalo, “Navbahor”ni navbatdagi g‘alaba va O‘zbekiston kubogida keyingi bosqichga yo‘l olgani bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, alamli mag‘lubiyat. Harakatlarimiz yaxshi bo‘ldi. “Navbahor”dek yaxshi tashkil qilingan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ldi. Biz muxlislarning “Navbahor”ni qanday qo‘llab-quvvatlab  turishganini juda yaxshi his qildik.  Yigitlar bunga dosh bera olishdi va yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Afsuski, natija ijobiy bo‘lmadi.

– “Surxon” jamoasi muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq, bugun negadir uzoqdan zarbalar ko‘rmadik?
– Bizning harakatlarimiz har doim raqib jamoanikidan kelib chiqqan. Bugun hammamiz ko‘rdikki, “Navbahor” juda tartibli va yaxshi tashkillashtirilgan himoya namoyish qildi. Shu sabab ham bizga uzoqdan zarba berish va jarima maydonchasiga kirish qiyin bo‘ldi. O‘tkazib yuborilgan to‘pdan keyin bo‘sh hududlar paydo bo‘la boshladi. Biz bundan foydalanishga harakat qildik, ammo realizasiya masalasi oqsadi.

Ba’zi vaziyatlarda hakamning qarori bizning foydamizga bo‘lmadi. Buni muhokama qilmoqchi emasman. Savolga qaytsak, raqib bizga uzoqdan zarba berishga imkon qoldirmadi.

– “Surxon” oldiga joriy mavsumda qanday maqsad qo‘yilgan?
– Juda ommabop va qiziq savol. Jamoamiz tarkibi asosan yosh futbolchilardan iboratligidan kelib chiqsak, maqsad har doim yuqori qo‘yiladi. To‘g‘ri, sovrinli o‘rinlarni egallash bo‘yicha aniq bir maqsad qo‘yilmagan, ammo har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Bu yoshda eng muhimi shu. Yigitlarimiz yosh, ularni yorqin kelajak kutib turibdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:52, 04.09.2023.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик