Italiyalik mashhur insayder Fabrisio Romano Jud Bellingemning "Real"dagi holati haqida fikr bildirdi.
"Bellingem Madridda juda baxtli. U bu klubga o‘tish uning buguni va kelajagi uchun eng yaxshi variant ekanligiga ishonchi komil.
Shuningdek, britaniyalik madridliklarning kiyinish xonasidan juda mamnun. U jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda", - dedi Romano.
Ma’lumot uchun, Bellingem La Liga dastlabki 4 ta turida 5 ta gol urdi.