Tuttosport sahifalarida Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Golden Boy sovrini uchun ovoz berish boshlandi.
Hozirda so‘rovnomada “Barselona” yarim himoyachisi Gavi yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Bavariya” hujumchisi Jamol Musiala, kuchli uchlikdan esa “Bornmut” himoyachisi Milosh Kerkez joy olgan. To‘rtinchi o‘rinda "Real Madrid" yulduzi Jud Bellingem joylashgan.