Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Lamin Yamal tug‘ilishiga qadar...

Lamin Yamal tug‘ilishiga qadar...

Baho:
+ | -

Megaiqtidor Lamin Yamal «Barselona» safida deb­yut qilganida, atigi 15 yoshda edi.

«Betis»ga qarshi kechgan o‘sha bahsda atigi 5 daqiqa harakatlangan yigitcha katta iqtidorini namoyish etishga ulgurgandi. Mana, Xavi yoqimtoyiga aylangan Yamal asta-sekin asosiy jamoa tarkibidan o‘ziga joy hozirlamoqda. Deylik, La Liga 2-turidan o‘rin olgan «Kadis»ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Fakt shuki, Yamal 21-asrda La Liga o‘yinini boshlang‘ich tarkibda boshlagan eng yosh futbolchi bo‘ldi (16 yoshu 38 kunlik). «Bolakay» o‘zini shu qadar tetik tutmoqdaki, uning 2007 yili tug‘ilganiga ishonish ham qiyin.

Mana, Lamin Yamal tug‘ilishiga qadar «Barselona»da nimalar bo‘lganiga qarab ham, uning qanchalik yosh ekanligini tushunish mumkin. Atigi 5ta faktga e’tibor qarating:

1). Yamal tug‘ilishiga qadar Lionel Messi «Barselona»ning 26ta rasmiy o‘yi­nida gol urishga ulgurgandi.

2). Yamal tug‘ilishiga qadar Xavi Kataloniya klubi safida 366ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgandi.

3). Yamal tug‘ilishiga qadar Xosep Gvardiola «Barsu B» jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishga ulgurgandi.

4). Yamal tug‘ilishiga qadar Ronaldinyo «Oltin to‘p» yutishga ulgurgandi.

5). Yamal tug‘ilishiga qadar «Barselona» CHLda «Arsenal»ni yutgandi.

«Barselona» bag‘ridagi yana bir iste’dod Pedri yana jarohatga yo‘liqib, kamida 1 oyga safdan chiqdi. Diqqat qiling, yarim himoyachi 2021-2023 yillar oralig‘ida 7 marta turli darajada jarohatlandi va jami 307 kun-ni «lazaret»da o‘tkazdi. Mavsum-2020|2021 esingizdami? 18 yoshli yigitcha dahshatli start olib, barcha turnirlar (jumladan, Olimpiadada) hisobidan 75ta o‘yinda qatnashgandi. Kattalar futbolidagi ilk mavsumda 75ta rasmiy uchrashuv! Bu raqamni to‘liq anglash uchun biroz vaqt kerak... Ko‘rinishidan, bu Pedri uchun o‘ta ko‘plik qilgan va organizmiga tushgan og‘irlik unga hamon muammolar keltirmoqda...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:08, 04.09.2023.
O'qildi: 1913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.