Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

«Shaharliklar»ning chaqmog‘i

«Shaharliklar»ning chaqmog‘i

Baho:
+ | -

Belidagi og‘riq tufayli Barselonada jarrohlik muolajasini olayotgan Gvardiola «Manchester Siti»ning bir necha uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Klub direktori lavozimida ishlayotgan uning do‘sti va kasbdoshi Begiristaynning ishlari risoladagidek. Yaqinda uning qabuliga naq 60 million yevro evaziga Jeremi Doku tashrif buyurdi. Belgiyalik vinger «Siti» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Doku o‘tgan mavsumda aldamchi harakatlarni amalga oshirish bobida 6,72 ball jamg‘arib, Yevropaning eng yaxshi driblyori unvoniga sazovor bo‘ldi. «Atalanta» a’zosi Boga 2-o‘rinni band etdi, «Gerta» vakili Ejuke esa yetakchi uchlikdan joy oldi.

Birgina aldamchi harakatlarning o‘zi hech narsa bermaydi, o‘yinchi mahoratiga u bilan baho berilmaydi. Misol uchun, eng sara driblyorlar o‘nligida Kvarasxeliya yo‘q. Ammo texnika bobida Dokuga tenglasha olmaydigan «Bayer» a’zosi Virs, «Ayaks» vakili Ejuke, endilikda «Vest Xem»da o‘ynaydigan Quddus, «Nyukasl»dan Saudiyaga o‘tib ketgan Sen-Maksimenlar bor. Dokuning 1-o‘rinni egallagani esa umuman hayron qoldirmaydi. Bu yigit dribling uchun yaratilgan, 21 yoshli futbolchi ikkala oyog‘i bilan samarali to‘p suradi, yuqori tezlikka ega. Bo‘yi baland bo‘lmagani uchun, og‘irlik markazi pastda, bu esa uni to‘xtatib qolishda raqiblariga qiyinchilik tug‘diradi. Boz ustiga, u juda baquvvat va yakkakurashlarda to‘qnashuvlardan cho‘chimaydi. 3 yil muqaddam Doku «Anderlext»dan 26 mln. yevro evaziga «Renn»ga o‘tgandi. Hozirda Fransiya olimpiya terma jamoasini boshqarayotgan Belgiya terma jamoasining sobiq yordamchi murabbiyi Tyerri Anri Jeremiga quyidagicha baho bergandi: «Doku bilan birga,bir vaziyatda qolgan futbolchi uchun faqat bitta variant mavjud - ibodat qilish».

«Arsenal»ning afsonaviy hujumchisi maqtovni bir oz oshirib yubordi. Aslida, Doku driblingga mukkasidan ketgan. Shu bois, uning aldamchi harakatlarining samarasi yuqori emas. «Renn»da u 92 uchrashuvda 12ta gol va 10ta assistni amalga oshirgandi. Ko‘rsatkich Xolandning «Borussiya»dagi natijasidan past. Lekin Jeremi markaziy hujumchi emasligi ham haqiqat, uning maydondagi vazifasi ham, harakat doirasi ham o‘zgacha, u qanotlarda to‘p suradi.

Doku Ronaldinyo va  Zeedorfni eslatadi

«Real»ga kelishidan ancha avval tahlilchilar Bellingemni Zidanga o‘xshatishgandi. Antropometrik ma’lumotlar va o‘yinchilarning maydondagi odatlari o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bu borada Doku Ronaldinyoni eslatadi - braziliyalik afsona oyoqlarini keng qo‘ygan holda ikki tomonga raqsga tushayotgandek harakatlanardi. Jeremi yoshligidan ancha ortga chekinib, dribling evaziga to‘pni uzoqroq olib yurishni xush ko‘radi. Messi faxriylik davrida shu usulda o‘ynaydi, ammo Dokuni u bilan taqqoslash to‘g‘ri emas. Leo snayper vazifasini teranroq tushunadi. Shuningdek, ko‘proq vaqtini yurish bilan o‘tkazadi. Jeremi esa ko‘p yuguradi va charchab qoladi.

Yosh futbolchi jamoadoshini to‘p bilan ta’minlashga odatlanishi lozim. O‘tgan mavsumda zarba uchun pas uzatish borasida Liga1da Messi emas, «Lill» vakili Kabella yetakchi bo‘ldi. O‘z vaqtida bu jamoada Eden Azar shunday o‘yin evaziga «Chelsi»ga o‘tgan va Ang­liya chempioni va APLning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgandi. Doku shunday bo‘la oladimi?

Hozircha «Manchester Siti»ning yangi a’zosi mavsumda 30ta uzatmani amalga oshirgan, Golovinning ko‘rsatkichi - 59. Lekin buni Dokuning jarohati bilan izohlash mumkin. «Renn»da 50ta o‘yinni o‘tkazib yuborgani Jeremi uchun salbiy natija. Biroq Gvardiola vingerning to‘la sog‘ayib ketishidan, «Siti»ning mashg‘ulotlari uni qaltis harakatlarni kamaytirib, zarbalar va uzatmalarga ko‘proq e’tibor qaratishidan umidvor.

Gvardiola hujumdagi variantlarni  ko‘paytirmoqda

«Shaharliklar» «Vest Xem» pleymeykeri Paketani xarid qilmoqchi edilar. Biroq u mojaroga aralashib qoldi. Aytishlaricha, uning yaqinlari sariq kartochka olishiga yirik mablag‘ va’da qilishgan. Agar tergovda bu isbotlansa, futbolchi jazoga tortiladi, «bolg‘achilar» 100 milliondan mahrum bo‘lishadi. «Vulverxempton» esa portugaliyalik xavbek Mateush uchun 60 mln. yevroga ega bo‘lishlari mumkin.

Hozircha «Siti» Dokuni sotib oldi. Hujumchilar uchligida Xolandning qadrdon sherigi Grilish bor. Lekin Mahrez ketganidan keyin ham shayxlarda tanlov yetarli. Foden, Alvares va Bernardu uning o‘rnini to‘ldirishi mumkin. Xosepga esa turli uslubdagi o‘yinchilar kerak. Ular Dokudan ikki sof himoyachili ajabtovur sxemada o‘ng qanot laterali sifatida foydalanishlari mumkin. Agar Jeremi ortida tajribali Uoker to‘p suradigan bo‘lsa, o‘ta kuchli o‘ng qanot shakllanadi.

Dokuning raqobatchilari juda ko‘p. Lekin u Gvardiolaning ko‘rsatmalariga rioya qilsa va APLda jiddiy jarohatlardan uzoq yura olsa, «shaharliklar» 60 «limon» evaziga 1-2 yil ichida tarkibni xuddi «Real»dagi Vinisius kuchaytira oladigan ajoyib o‘yinchiga ega bo‘lishadi. 21 yoshida kamdan-kam futbolchi Dokudek aql-idrok bilan to‘p suradi. Lekin shunisi ham borki, Jeremi muvaffaqiyatli o‘yinlarda ajoyib taassurot qoldiradi. Gvardiola navqiron shogirdining omadsiz o‘yinlari kamroq bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi lozim. Raqobatchilardan ortda qolishni istamayotgan «Siti» mutasaddilari transfer mavsumi yakunida bir qator kelishuvlarni muhokama qilishmoqda. 

APLning yozgi an’anasiga binoan, yana bir voqeani qo‘shimcha qilamiz. Boshqa bir qator futbolchilar kabi Doku ham «Liverpul»ga o‘tishi mumkin edi. Faqat hozir emas, balki bundan 5 yil avval. O‘shanda uni Jerrard, Veynaldum va Mane jamoaga chorlashgan, Jeremi ota-onasi bilan Liverpulga kelgan, unga Muhammad Saloh imzosi tushirilgan futbolkani sovg‘a qilishgandi. Biroq bu urinishlar natija bermagandi. Doku ilk shartnomasini «Anderlext» bilan imzoladi, endi esa Yurgen Klopp­ning asosiy raqobatchisi safida to‘p suradi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 08.09.2023.
O'qildi: 2002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.