Yarim himoyachi Roberto Pereyra “Udineze”ga qaytadi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik Turkiya va Braziliyada klub topa olmagan va A Seriya jamoasiga qaytishga qaror qilgan.
Pereyra shu yozda “Udineze”ni tark etgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.