Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Yuventus 0-4 Atalanta
10/03 01:00 Real Sosyedad 0-1 Sevilya
11/03 00:45 Lasio 1-1 Udineze
11/03 01:00 Espanyol 1-1 Jirona
11/03 01:00 Vest Xem 0-1 Nyukasl
11/03 15:00 Yokogama Marinos - Shangxay Port
11/03 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
11/03 23:00 Al-Ahli (SA) - Ar-Rayyan
12/03 01:00 Al-Hilol - Paxtakor
12/03 15:00 Kvangju - Vissel Kobe
12/03 15:00 Kavasaki Frontale - Shanghai Shenhua

"Barselona" futbolchilar qancha ishlab topishadi?

"Barselona" futbolchilar qancha ishlab topishadi?

Baho:
+ | -

"Barselona" futbol klubi dunyoning eng sovrindor va tarixi boy jamoalaridan biri hisoblanadi. Biroq, oxirgi besh-olti yil ichida ushbu klub moliyaviy muammolar ta’siri ostida qoldi. Ushbu jarayon hali ham davom etmoqda. Shunga qaramay, "Barselona" hali ham o‘z tarkibida yuqori maoshga ega futbolchilarni saqlab turibdi. Xavi kelgach, jamoa o‘yini va natijalarida ijobiy tomonga o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Hozir esa muxlislar ulardan yanada ko‘prog‘ini kutmoqda. Ammo natijalarga sarf-xarajatlarsiz erishib bo‘lmaydi. Quyida "Barselona" tarkibi va ularning haftalik maoshlarini bilib olasiz.

Klubga yaqin manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, "Barselona" yiliga futbolchilarning maoshi uchun 201 million 280 ming yevro sarflagan. Bu esa har hafta o‘rtacha 3 million 870 ming 769 yevro deganidir. Xo‘sh, ushbu mablag‘larning bari aynan qanday taqsimlanmoqda?
Ma’lumotlar futbol moliyasiga doir ma’lumotlar taqdim etadigan "Capalogy" ueb-saytidan olindi.
Eslatma: quyidagi qiymatlar eng yaqin taxminiy hisob-kitoblardir. Futbol klublari ommaga o‘z futbolchilarining maoshini to‘liq oshkor etmaydi. Shu sabab o‘rtacha maoshlar taxmin qilindi.


1. Frenki De Yong – 721 154 yevro
2. Robert Levandovski – 400 577 yevro
3. Ilkay Gyundogan – 360 577 yevro
4. Jyul Kunde – 260 577 yevro
5. Rafinya – 240 385 yevro
6. Joau Kanselu – 240 385 yevro
7. Ferran Torres – 192 308 yevro
8. Pedri – 180 385 yevro
9. Inigo Martines – 180 385 yevro
10. Andres Kristensen – 173 077 yevro
11. Ronald Arauxo – 134 615 yevro
12. Gavi – 130 769 yevro
13. Ter Shtegen – 121 154 yevro
14. Markos Alonso – 120 192 yevro
15. Serxi Roberto – 96 154 yevro
16. Oriol Romeu – 67 308 yevro
17. Inyaki Penya – 62 500
18. Joau Feliks – 7 692 yevro
19. Alexandro Balde – 3 077 yevro
20. Lamin Yamal – ma’lumot yo‘q.

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:01, 11.09.2023.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.