Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

APL klubi Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor

APL klubi Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho Angliya Premyer-ligasining boshqa klubiga o‘tishi mumkin.

23 yoshli futbolchining kelajagi jamoa boshqaruvchisi Erik ten Xag bilan munosabatlari tarangligi tufayli noaniqligicha qolmoqda. GiveMeSport xabariga ko‘ra, "Aston Villa" vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin va ingliz futbolchisini qishki transfer oynasida taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Futbolchi endi o‘zini klubda ko‘rmayotgani uchun "qizil iblislar" safini o‘z xohishi bilan tark etishi kutilmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari fikricha, Jeydon Sanchoning transfer qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 06:51, 14.09.2023.
O'qildi: 2915 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик