Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

La oiga dunyodagi eng uzun nomga ega bo‘lgan Uels klubi homiysiga aylandi

La oiga dunyodagi eng uzun nomga ega bo‘lgan Uels klubi homiysiga aylandi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasi Uelsning beshinchi divizion klubi homiysiga aylandi.

Klub nomi “Llanvayrpullguingillgogerihuirndrobullllantisiliogogogox”. Jamoa nomi shu nomdagi oroldan olingan.

Bu dunyodagi eng uzun nomga ega klub hisoblanadi.

La Liga nega hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi?

Hamkorlik 2023/24 yilgi mavsumdan kuchga kiradi va jamoa libosida La Liga logotipi tushiriladi.

Klub nomida besh marta yonma-yon joylashgan ikkita “L” kelgan. Aynan mana shu narsa liganing Uels klubiga e’tibor qaratishiga sabab bo‘lgan. Nomdagi LL harflari o‘rniga La Liga logotipi joylashtiriladi.

Klub rahbari Samanta Jons-Smit bundan juda xursand: “Bu biz uchun chinakam ajoyib hamkorlik. Nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham rivojlanish imkonini beradi”.

LALIGA ning Buyuk Britaniya hamda Irlandiyadagi boshqaruvchi direktori Kigan Pirs La Ligani Ispaniyadagi futboldan ham ko‘proq ahamiyatga ega deya ta’rifladi: “Bu dunyodagi eng katta futbol ekotizimidir, uni millionlab odamlar tomosha qiladi va zavqlanadi. Hamkorlik yangi LL brendimizni ijodiy hayotga tatbiq etishning ajoyib usuli bo‘ladi”.

Jamoa to‘purari Markis Holland: “Joriy mavsumdan boshlab ispan futbolini ko‘proq tomosha qilyapmiz va Levandovski, Grizmann, Bellinghem kabi futbolchilardan ko‘proq narsa o‘rganishni intiqlik bilan kutmoqdamiz”.

Bu qanday g‘alati nom o‘zi? Klub nomida 58 ta harf mavjud

Uels tilidan Llanvayrpullguingillgogerihuirndrobullllantisiliogogogox nomi “Bo‘ronli girdob yaqinidagi Avliyo Mariya cherkovi va Qizil g‘oy yaqinidagi Avliyo Tisilio cherkovi” ma’nosini beradi. Bu nom 1860 yillarda mahalliy chevar tomonidan yaratilgan deyiladi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi temir yo‘l bekatlaridagi eng uzun nom sayyohlarni jalb qilish uchun ajoyib g‘oya bo‘lgan.

Bunga qadar qishloqning nomi unchalik uzun bo‘lmagan: “Llanvayrpullguingill”. Hozir u yerda uch mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Uni oddiygina Llanvayr-Pullguingill deyishadi. Lekin dunyoda bundan ham uzunroq nomdagi joy bor: Yengi Zelandiyadagi tepalik nomi 83 ta harfdan iborat.

“Taumatafakatangixangakoauauotamateaturipukakapikimaungaxoronukupokaifenuakitanataxu”.

2002 yilda ushbu qishloq sayti Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U internetdagi eng uzun domenga ega edi. 2015 yilda esa britaniyalik teleboshlovchi Liam Datton Channel 4 kanalida qishloq nomini tutilmasdan aytdi va bu odamlarni hayratga soldi.


Juda qadimgi klub bo‘lsa-da, unchalik mashhur emas

“Llanvayrpullguingillgogerihuirndrobullllantisiliogogogox” 2024 yilda o‘zining 125 yilligini nishonlaydi. Shu vaqtgacha erishgan eng katta yutuqlari — Uels uchinchi ligasida ikki bor chempionlikka erishgan. Hozirda esa beshinchi divizionda harakat qiladi.

Stadionining sig‘imi ham katta emas, atigi mingta tomoshabinni o‘ziga sig‘dira oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:36, 14.09.2023.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик