"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli "Everton"ga qarshi o‘yinni oxirigacha yakunlay olmadi.
22 yoshli braziliyalik futbolchi epizodlarning birida jarohat olib, 24-daqiqada maydonni tark etdi. Uning o‘rnini hujumchi Leandro Trossard egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Martinelli 19-daqiqada gol urdi, biroq uning goli videotakror tomosha qilinganidan keyin qayd etilgan ofsayd tufayli bekor qilindi.