Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Isko: "Agar "Betis" La Ligada chempion bo‘la olmasa, u holda "Real" chempion bo‘lsin"

Isko: "Agar "Betis" La Ligada chempion bo‘la olmasa, u holda "Real" chempion bo‘lsin"

Baho:
+ | -

"Betis" yarim himoyachisi Isko "Real"ga La Ligadagi g‘alaba uchun kurashda omad tiladi.

"Oxirgi yillarda "Real"da menga nisbatan adolatsizlik bo‘lganini his qilmadim, lekin ko‘proq o‘ynagan bo‘lardim, deb o‘ylayman. Futbol qiyin, har qanday vaziyatga moslasha olish muhim. Men boshqalar qila oladigan narsadan ko‘ra, o‘zgarish qilish uchun nima qila olishimga ko‘proq e’tibor qarataman.

"Santyago Bernabeu"da muxlislardan iliq kutib olishni istardim, chunki "Real Madrid" faoliyatimdagi eng muhim jamoa bo‘lgan, men uni doim sevaman va hurmat qilaman. Men har doim qo‘limdan kelganini qilishga harakat qildim, garchi oxirgi paytlarda vaziyatim tufayli ertaroq ketishim kerak bo‘lgan bo‘lsa ham. Ammo hamma narsadan saboq olish kerak.

"Real Madrid", "Barselona" va "Atletiko Madrid" - La Ligada g‘alaba qozonish uchun asosiy nomzodlar. "Real" kuchli boshladi, lekin chempionat uzoq va bashorat qilishga hali erta. Agar "Betis" La Ligada g‘alaba qozona olmasa, unda "Real" g‘alaba qozonsin", - dedi AS bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:55, 18.09.2023.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик