Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Bir nechta jahon chempionlari hali ham ishsiz!

Bir nechta jahon chempionlari hali ham ishsiz!

Baho:
+ | -

Yevropa va Yaqin Sharqda transfer oynasi yopildi. Biroq klublarda hali ham erkin agentlar bilan shartnoma imzolash imkoniyati mavjud. Biz jamoasiz qolgan eng yulduz futbolchilarni to‘pladik. Jahon chempionlaridan tortib, boshqa yetakchilargacha ro‘yxatda topiladi.

David de Xea

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni matbuot orqali Saudiya Arabistoni, "Bavariya" va "Inter"ga jo‘natilgan, ammo u hali ham klubsiz. 32 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlashiga hali erta. Shuning uchun biz de Xeani yangi jamoada kutamiz!

Jessi Lingard

"Manchester Yunayted"dan keyin vinger bir mavsum davomida "Nottingem Forest"ga tashrif buyurdi. Ammo Premyer-ligada qolgan klub Lingardni qo‘yib yubordi. 30 yoshli angliyalik erkin agent maqomida va hatto Turkiya va Saudiya Arabistonida ham hech kimni qiziqtirmagan. Ammo, ehtimol, tez orada qaysidir klub hujumda qiyinchiliklarga duch kelayotganini tushunib, Jessini o‘z safiga qo‘shishga taklif qilar.

Eden Azar

Belgiyalik futbolchi “Oltin to‘p” da’vogaridan shartnomasiz odamga aylandi. "Real"ga o‘tish Azarning faoliyatini buzdi. Madridda Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, individual tarzda hech qanday ajoyib narsa ko‘rsatmadi. Mantiqiy natija shartnomani bekor qilish edi.

Endi Eden erkin agent. Ammo belgiyalikni boshqa joyda ko‘rmaymiz, shekilli. Biroz oldin u quyidagilarni aytdi: "Oila va do‘stlar bilan pivo ichib, hayotdan zavqlanish vaqti keldi".

Jerom Boateng

"Lion" jahon chempioni faoliyatidagi so‘nggi klub bo‘lib turibdi. 2023 yilning iyulida u "Lion" bilan shartnomasini bekor qilgan. Bungacha Jerom "Bavariya", "Manchester Siti" va "Gamburg" klublarida o‘ynagan. U yangi ligaga yo‘l oladimi? 35 yoshli Boateng tajribali va kuchli himoyachi. Himoyani mustahkamlashni qidirayotganlar uchun ajoyib variant.

Felipe Kaysedo

"Lokomotiv", "Manchester Siti", "Lasio" va "Inter" klublarining sobiq futbolchisi 2023 yilning iyulidan beri klubsiz. Uning so‘nggi jamoasi Saudiya Arabistonining “Abha”si edi. Hamma, aksincha, Yaqin Sharqqa ketayotganiga qaramay, Felipe uni tark etdi. 35 yoshli ekvadorlik futbolchi haligacha o‘ziga yangi klub topa olgani yo‘q.

Xavyer Pastore

Jarohatlardan aziyat chekkan buyuk futbolchi. Iyul oyida Pastore Qatar klubini tark etdi. 34 yoshli argentinalik futbolchi uzoq vaqtdan beri top-klublarda o‘ynamadi. 2023 yil boshiga qadar u "Elche"da o‘ynagan, 2021 yilda esa "Roma"ni tark etgan. Sababi tez-tez jarohat olish edi, shu sababli Xavyer ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Bonus. Klubsiz boshqa yulduz futbolchilar ro‘yxati: Santi Mina, Anvar El Gazi, Andre Ayyu, Adriyen Silva, Alan Dzagoyev, Simone Zaza, Niko Shuls, Jaloliddin Masharipov, Karim Bellarabi.

Kiritildi: 20:15, 20.09.2023.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.