“Bavariya” hujumchisi Leroy Sane “Manchester Yunayted”ga qarshi (4:3) YECHL guruh bosqichi 1-tur uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o‘yin davomida bitta gol urdi.
"U juda ko‘p epizodlarda ishtirok etmadi, biroq hal qiluvchi daqiqalar u o‘z sheriklaridan ajralib, hujumda son jihatdan ustunlikni yuzaga keltirdi. “Yunayted” undan himoyalana olmadi. Asosiy gol va umuman g‘alabadagi rol - Musiala bilan birga. U maydonda o‘yin ustunligini yaratdi", - deya qayd etdi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.