"Chelsi" nishonidagi futbolchi o‘z jamoasida muammoga duch keldi. Xabarlarga ko‘ra, "Strasbur" yarim himoyachisi Abib Diarra rahbariyat bilan maosh masalasida muammoga duch kelgan.
19 yoshli futbolchi kattaroq pul talab qilmoqda. Shu sabab u qishda sotuvga qo‘yilishi mumkin. "Chelsi" Diarra uchun asosiy da’vogar sanaladi.