«Atletiko Madrid» Yan Oblakka o‘rinbosar izlay boshladi.
Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, «Napoli» darvozaboni Aleks Meret ispan top-klubining qiziqish doirasiga tushib qolgan.
26 yoshli italiyalikning transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2024 yil iyun oyi oxirigacha hisoblanadi.