Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Denis Korostichenko: «Sho‘rtan» ko‘rsatgan o‘yin — bu futbol emas»

Denis Korostichenko: «Sho‘rtan» ko‘rsatgan o‘yin — bu futbol emas»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liganing 19-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Sho‘rtan"ga qarshi bahs (1:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalo «Lokomotiv»ning barcha muxlislarini, klubdagilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun yigitlar g‘alaba uchun qo‘lidan kelgancha maksimal ravishda harakat qilishdi. O‘z maydonimizda uch ochko olishimiz shart edi. Barcha futbolchilarni maqtashim kerak. Hamma harakat qildi. Muxlislarga ham rahmat aytaman. Ko‘p bo‘lmasada, bizni qo‘llab turishdi. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, butun o‘yin davomida tashabbusni ushlab turdik, nazorat qildik. Bugun raqib bizga kam harakatli futbol taklif qildi. Ko‘rganingizdek, o‘yin tempi doim tushirib turildi. Ammo «Sho‘rtan» bizga qarshi bunday o‘yin ko‘rsatgan birinchi jamoa emas. Bunga qadar shunday o‘yin ko‘rsatgan raqiblar bo‘ldi. Men buni futbol deb atamagan bo‘lardim. Bu mening fikrim. Har bir murabbiyning o‘z fikri bo‘ladi. O‘yin davomida nazoratni ushlab turdik. Birinchi bo‘limda ham gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda baribir muvaffaqiyatga erishdik. Barchasi adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman.

— Bir paytlar Joze Mourinyu «Manchester Yunayted»da ishlab yurganida jamoasi antifutbol namoyish qilardi, bu esa ayrim muxlislarga yoqmasdan, antifutbol o‘yin deb hisoblashardi. «Sho‘rtan»ning bugungi o‘yinini antifutbol desa bo‘ladimi?
— Agarda ikkala jamoa shunday o‘ynasa, antifutbol bo‘lishi mumkin. Bir jamoa hujum qilishni istasa, bu antifutbol emas. Raqiblar nimani istayotganini bilish kerak — ochko olishmi, g‘alaba qozonishmi. Bugun «Sho‘rtan» shunchaki bizdan ochko olishni istagani sezildi. Ularning aynan g‘alaba yoki durang uchun maydonga tushgan deb aytishim qiyin. Fikrimcha, istalgan jamoa futbol o‘ynashga harakat qilishi kerak. Taktikani tanlash, albatta, o‘zlarining ishlari. Bilmadim, buni antifutbol deb bo‘lmaydi. Biz qo‘ldan kelgancha harakat qildik, raqib esa imkoni boricha himoyalandi.

— Keyingi turda «Qo‘qon-1912» — «Dinamo» bahsida qaysi jamoaning g‘alaba qozonishini istaysiz?
— Keyingi turda «Mash’al» — «Lokomotiv» bahsida «Lokomotiv»ning g‘alaba qozonishini istayman. «Qo‘qon-1912» va «Dinamo» o‘yinidagi natija esa ularning muammolari. Biz ularga qarab qolmaymiz va o‘z o‘yinimizga ahamiyat beramiz. Shuningdek, biz ushbu mavsumda nima qilishimiz kerak bo‘lsa, o‘shanga tezroq erishishni istaymiz.

— Tarkibdagi aynan biror futbolchini maqtab o‘ta olasizmi?
— Barchani ta’kidlayman. Bugun barcha futbolchi qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Maratga gap yo‘q, tushdi va o‘z tajribasi bilan jamoaga yordam berdi. 37 yoshida ham nimalarnidir isbotlashga harakat qilyapti. Zaxiradan tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytirishdi, anchagina temp qo‘shishdi. Hech kimni alohida ajratmayman. Barcha super bo‘ldi.

— Ushbu mavsumda «Dinamo» va «Mash’al»ga qarshi o‘yin ham 0:0 hisobida yakunlangandi. Shunday raqiblarga qarshi o‘yinlarda himoyani yorib o‘tishga nimalar halaqit qilmoqda?
— Bu o‘yinlar bir-biridan farq qiladi. O‘sha o‘yinlarda biz o‘z vaziyatlarimizdan foydalana olmagandik. Vaziyatlar yaratgandik, biroq ba’zida so‘nggi paslar yetishmagandi. Bugun esa temp ham yaxshi bo‘ldi, ko‘p harakat qildik, yaxshi ochildik, hujum chizig‘i ham faol harakat qildi. Raqiblar bugun bizga o‘z himoyasida va tempni tushirishda juda katta muammolar tug‘dirdi. Biz tezlik olayotganda ular to‘xtashdi. Shu sababli yigitlarim boshqatdan, boshqatdan va yana boshqatdan temp olishga harakat qildi. Birinchi bo‘lim shu boisdan 5 daqiqada o‘tib ketgandek bo‘ldi. Amalda deyarli hech nima ko‘rmadik, faqatgina to‘xtalishlar... O‘sha o‘yinlarda esa bizda yaxshi temp bo‘lgandi, lekin yakunda adashgandik. Bugun esa yaxshiroq o‘ynadik va shu sababli gol ham urdik.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:11, 01.10.2023.
O'qildi: 2527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.