"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z tarbiyalanuvchisi Matis Tel haqida gapirdi.
“Matis ketishni istamadi, u qolishga va kurashishga qaror qildi. U “Men shu yerdaman va men buni qilaman” degan futbolchi. Bu yigit ajoyib tarzda mashq qiladi va jamoada o‘ynagan roliga mutlaqo to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi", - deya Tuxeldan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda Tel "Bavariya" tarkibida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.