«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn YECHL guruh bosqichi 2-turida «Kopengagen» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin 2:0 hisobida myunxenliklar foydasiga hal bo‘ldi. Keyn butun 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi va gol ura olmadi.
«Bu juda yaxshi g‘alaba. Vazifa bajarildi, lekin birgalikda ishlashda davom etamiz», - deb yozdi 30 yoshli forvard ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Joriy mavsumda Keyn barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yinda qatnashib, to‘qqizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.