“Monako”ning sobiq bosh murabbiyi Filipp Kleman Saudiya Arabistonining “Ash-SHabab” klubini boshqarishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Footmercato.
Manbaga ko‘ra, 49 yoshli belgiyalik shu hafta Saudiya Arabistonida “Ash-SHabab” rahbariyati bilan uchrashadi.
Klemanning so‘nggi klubi "Monako" edi. Avvalroq Kleman “Bryugge”, “Genk” va “Vasland-Beveren” klublarini boshqargan.