Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Xanchjou-2022. Shaxmatchilarimiz medallarni qo‘lga kirita olishadimi?

Xanchjou-2022. Shaxmatchilarimiz medallarni qo‘lga kirita olishadimi?

Baho:
+ | -

Xanchjoudagi Osiyo O‘yinlarida shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqada bugun 8-tur bahslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Mo‘g‘ulistonga termasiga qarshi dona surib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi — 2,5:1,5. Natijada qizlar jamoamizning ochkolari 10 taga. Jamoamiz ayni paytda 5-pog‘onani egallab turibdi. Vyetnam qo‘shimcha ko‘rsatkich evaziga 4-o‘rinni egallab turibdi. Qizlar bahsida so‘nggi tur oldidan Xitoy 15 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, Hindiston hisobida 13 ochko bor. Qozog‘iston esa 11 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi so‘nggi turda aynan Qozog‘istonga qarshi dona suradi. Bu bahsda ko‘p ehtimol bilan bronza medal taqdiri hal bo‘ladi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa Qozog‘iston terma jamoasi ustidan 3,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Shamsiddin Vohidov durang o‘ynagan bo‘lsa, qolgan shaxmatchilarimiz g‘alaba nashidasini surishdi.

Ushbu g‘alaba tufayli O‘zbekistonning ochkolari 12 taga yetdi. Jamoamiz jadvalda 3-pog‘onani egallab turibdi. Ushbu turda peshqadamlar Eron va Hindiston g‘alabaga erishishdi. Ularning hisobida mos ravishda 14 va 13 ochko mavjud. Erkaklar terma jamoamiz oxirga turda Tailandga qarshi dona suradi. Bu jamoa 5 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

9-turda jamoamiz g‘alaba qozonsa, kamida bronza medalini naqd qiladi. Eron va Hindiston termalari oxirgi turda ochko yo‘qotsa, yigitlarimiz kumush yoki oltin medallarini qo‘lga kiritishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:04, 06.10.2023.
O'qildi: 4715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик