Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Retkliff Kazemirodan norozi

Retkliff Kazemirodan norozi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning bo‘lajak egasi Jim Retkliff Kazemirodan norozi.

The Guardian nashrining yozishicha, mart oyida Ineos rahbari tanlov sifatiga shubha bilan qaragan. Bahorda u klub bazasida klub rahbariyati bilan uchrashdi va u uchun tayyorlangan taqdimotni tomosha qildi. Uchrashuvda "Manchester Yunayted" sport direktori Jon Murto va bosh ijrochi direktori Richard Arnold ham ishtirok etishdi.

Retkliff ularga so‘nggi yillarda o‘yinchilarni tanlash har doim ham uning fikricha oqilona bo‘lmaganini aytdi. Misol tariqasida u 2022 yilning avgustida Kazemironing 60 million yevroga sotib olinganini keltirdi.

Avvalroq biznesmen 25 foiz ulushga ega bo‘lgach, "Yunayted"ning transfer siyosatiga ta’sir o‘tkazishi xabar qilingandi.

Kiritildi: 05:32, 18.10.2023.
O'qildi: 1920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик