Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Inter" bosh direktori: "Shkrinyar odamlarni emas, balki "Inter"ni aldadi"

"Inter" bosh direktori: "Shkrinyar odamlarni emas, balki "Inter"ni aldadi"

Baho:
+ | -

"Inter" klubi bosh direktori Beppe Marotta Milan Shkrinyarning jamoadan ketganidan hafsalasi pir bo‘ldi.

Shkrinyar shu yozda "Inter"ni erkin agent sifatida tark etib, "PSJ"ga o‘tdi. Himoyachi yanvar oyida parijliklar bilan dastlabki kelishuvga erishgan va shuning uchun Simone Indzagi qarori bilan sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lgandi.

“Men juda xafa bo‘ldim. Chunki futbolchi shartnomasini yangilamasa, u rahbariyatga yoki prezidentga emas, balki klub tarixiga, uning qadriyatlariga qarshi chiqqan bo‘ladi. U odamlarni emas, “Inter”ni xafa qildi.

U shartnomani uzaytirishi mumkin edi, biz shunga o‘xshash ko‘plab yechimlarni taklif qildik, hatto shartnomani bekor qilish haqidagi bandni ham taklif qildik, bu "Inter"ning ham, o‘zining ham manfaatlarini himoya qilardi. Lekin u yo‘q deb turaverdi", — dedi "Inter" bosh direktori.

 

Kiritildi: 19:21, 19.10.2023.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик