Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Aleksandr Xomyakov: "G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun futbolchilarimga rahmat"

Aleksandr Xomyakov: "G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun futbolchilarimga rahmat"

Baho:
+ | -

“So‘g‘diyona” – “Andijon” (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Albatta, g‘alabadan hech qanday mubolag‘asiz juda xursandman. To‘g‘ri, o‘yinning oxirgi daqiqalari ancha asabiy o‘tdi. Lekin umumiy ma’noda, o‘yindan va natijadan qoniqdim. Ha, o‘yin nazorati boshidan bizda bo‘lgan bo‘lsa-da, kutilmaganda darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Bu esa vaziyatni o‘nglashimiz uchun bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Birinchi bo‘limda qanotlardan ham yaxshi harakat qilishga, to‘p nazoratini saqlab turishga intildik. Qarshi hujumlarda ham chakki emasdik. Biroq birinchi bo‘limda natija biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Xudoga shukurki, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘ngladik. Oldingi intildik va kerakli gollarni urdik. Aslida vaziyatni o‘z qo‘limizga olib, shoshilmasdan harakat qilib, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda uchrashuv oxirida bunchalik asabiylashmasdik. Lekin vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli bahs so‘nggi asabiy tarzda kechdi. Bir nechta holatlarda darvozabonimiz bizni gollardan qutqarib qoldi. Bu ham g‘alabamizda muhim omillardan biri bo‘ldi. Barcha yigitlarga borlarini berib, muvaffaqiyatga erishganlari uchun minnatdorchiligimni bildirib qolaman. O‘z o‘rnida muxlislarimizga ham katta rahmat. Bundan keyin ham oldinga intilishda davom etamiz.

— “Andijon” futbolchilari ko‘p vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdi. Bu nima bilan bog‘liq?

— To‘g‘ri, birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmadi. Fikringizga qo‘shilaman, ba’zi vaziyatlarda to‘pga chiqishga aniqlik yetishmadi. Maydon markazidagi ayrim xatolarimiz bizni qiyin holatga tushirib qo‘ydi. Ayniqsa, raqibning qarshi hujumlari xavfli ekanligini oldindan his qilgandik. Raqibimiz xatolardan va qarshi hujumlardan yaxshi foydalana olishini hamda bu borada yaxshi o‘yinchilarga ega ekanini oldindan bilardik.

— Hakamga e’tirozlaringiz bormi?

— Yo‘q, qanday e’tirozim bo‘lishi mumkin? Ularga hech qanaqa e’tirozim yo‘q. To‘g‘ri, emosiyaga boy o‘yin bo‘ldi. Men ham bir-ikki marta o‘yinchilarga ko‘rsatma berganimda baqirgandek bo‘ldim. Umuman, emosiyalarga boy o‘yin bo‘ldi, deyish mumkin.

— Hakam texnik zonaga kelib yordamchi murabbiyingizga sariq kartochka ko‘rsatdi...

— Aytganimdek, emosiyalarga boy o‘yin bo‘ldi. Ko‘rsatma beraman deb oldinroqqa chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu albatta g‘alabani saqlab qolish yo‘lida yigitlarga ko‘rsatma berish niyatida bo‘lgan. Bu vaziyatda atayin qilinmagan. Umumiy ma’noda, hakamlarga e’tirozim yo‘q. Ha, Farhod Sohibjonovga qizil kartochka ko‘rsatilgani yoqimsiz bo‘ldi. Uchrashuvni yaxshi boshlay olmadik, vaziyatlardan foydalanolmadik. Jamoamizga jon kuydirgan va ortimizdan kelib muxlislik qilgan “Andijon” ishqibozlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

— Zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirishingiz yana o‘zini oqladi. Masalan, Sohibjonovni hal qiluvchi golni urishini sezganmidingiz?

— Yuqorida qisman bu haqida javob berib o‘tdim. Shuningdek, Abdurahmon Komilov maydonga tushgach, penalti ishladi. Sohibjonov esa gol urdi. Albatta, oldindan rejalashtirib qo‘ygandik. Bilasizmi, hamma futbolchilar maydonga tushishga loyiq va barchalari g‘alaba qozonishga intilib turadilar. Shu bois hammasi oldindan rejalashtirilgan. Juda xursandman. Jamoadagi barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun futbolchilarimga rahmat.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:21, 22.10.2023.
O'qildi: 1206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик