Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

«Arsenal» posboni qo‘pol xatolardan so‘ng o‘ziga kela oladimi?

«Arsenal» posboni qo‘pol xatolardan so‘ng o‘ziga kela oladimi?

Baho:
+ | -

“Arsenal” darvozaboni David Rayya “Chelsi” bilan o‘yinda ikki qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Mudrikning golidan tashqari, Palmerga to‘pni berib qo‘ygan vaziyat uchinchi golga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Aslida darvozabon xatolari futbolning bir bo‘lagi, xato qilmagan posbon yo‘q, eng zo‘rlarining ichida ham. Keyingi o‘yinda yana yaxshi o‘ynab ketish mumkin. Lekin Rayyaning holati biroz farqli. Xatoning ta’siri, yuzaga keltiradigan ortiqcha bosim nuqtai nazaridan, qaysidir ma’noda Rayya endi Onananing vaziyatiga tushib qoldi.

Sababi, “Arsenal”da Ramsdeyl bor, so‘nggi mavsumni juda yaxshi o‘tkazgan, umuman olganda, balkim almashtirish shart bo‘lmagan vaziyatda saviya jihatidan unchalik katta farq qilmaydigan boshqa darvozabonga almashtirildi. Tabiiyki, buni Ramsdeylga nisbatan nohaqlik deb hisoblaydiganlar ham, uni Rayyadan yaxshiroq deb hisoblaydiganlar ham yetarlicha topiladi. Natijada, allaqachon Ramsdeylni qaytarish kerakligini haqidagi izohlar ham ko‘payib ketdi. Masalan, Ederson yoki Alison xato qilsa, boshqa darvozabon olib kelish yoki zaxiradagisi bilan almashtirish masalasi ko‘tarilmaydi-ku,to‘g‘rimi?

Aslida, qaysidir jihatdan Ramsdeylning asosiyga aylanishi ham shunaqaroq holatda bo‘lgandi. Leno yoki “Aston Villa”ga berib yuborilgan Martinesdan yaxshiroq ekani isbotlanmagan Ramsdeyl ham shubhalar asosida faoliyatini boshlagan, keyin biz uning juda kuchli xarakterga ega ekanini bilib ham oldik.

Keyingi o‘yinlarda David Rayya mahoratdan ham ko‘proq ruhiyat imtihonidan o‘tadi. Har bir harakati boshqacha rakursda tahlil qilinadigan vaziyatda ispaniyalik darvozabon yana o‘zini o‘nglab, xarakterini namoyish qila oladimi yoki navbatdagi xatoni ko‘ramizmi? Qiziq savol.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 17:26, 23.10.2023.
O'qildi: 2183 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик