Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Ayaks»ga nima bo‘ldi yoxud 8ta g‘alabasiz o‘yin...

«Ayaks»ga nima bo‘ldi yoxud 8ta g‘alabasiz o‘yin...

Baho:
+ | -

Yevropaning nufuzli klublaridan biri hozir o‘z tarixidagi eng omadsiz davrni boshdan kechirmoqda.

«Der Klassiker» nomi bilan tanilgan «Ayaks» - «Feyenoord» qarama-qarshiligining so‘nggi natijasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu ikki jamoa o‘zaro kuch sinashganda muxlislar o‘rtasidagi tartibsizliklar qaysidir jihati bilan ajralib turadi. Biroq bu gal yuz bergan voqeani fanatlarning odatiy tajovuzkorligi, deb bo‘lmaydi. «Ayaks» muxlislari o‘z noroziliklari bilan suyukli jamoalarini ruhan sindirishdi.

Safar uchrashuvida «Feye-noord» birinchi bo‘limda «Ayaks» darvozasiga ikkinchi javobsiz golni yo‘llaganidan keyin, vaziyat yanada keskinlashdi. Tanaffusdan keyin maydonga fayerlar yog‘ila boshladi. O‘yin oxiriga yetmasligi ma’lum bo‘lgach (keyin bir amallab oxiriga yetkazildi), olomonni tarqatish uchun polisiya va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanishdi. Lekin bu tadbir bir guruh «Ayaks» muxlislarining stadionga asosiy yo‘lakdan kirishlariga xalal bera olmadi. Oxir-oqibat, tartib o‘rnatildi, lekin zarar yetkazib bo‘lingandi. Boz ustiga, nafaqat derbida.

Azaliy raqibga qarshi bellashuvdagi tahqirlanish jamoa sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi tomchi bo‘lsada, «Ayaks» rahbariyati va muxlislar o‘rtasidagi keskinlik bir necha oy avvalroq, o‘tgan yilning fevralida paydo bo‘lgandi. O‘shanda sport direktori Mark Overmars klubni tark etgandi. Klub tarixidagi eng yaxshi sport direktori ketgach, tizimda bo‘shliq yuzaga keldi. Oqibatda «Ayaks» bir qator muammolarga duch kela boshladi.

Overmars ortidan Erik ten Xag «MYU»ga o‘tib ketdi. Bu murabbiy 3 marta «Ayaks»ni shohsupaga olib chiqqan, YECHLda yarim finalgacha yetib borgandi. Shuningdek, Frenki de Yong, Matteys de Ligt va Donni van de Bek kabi yulduzlarni kashf etgandi. Uning davrida jamoa yuksak saviyaga ega edi. Bundan tashqari, ten Xag Lisandro Martines va Antoni uchun «MYU»dan 160 mln. yevro olib berdi. Bu mablag‘ klubga qayta qurish jarayonini yakuniga yetkazish imkonini berdi.

Biroq Overmarsning o‘rni bo‘sh qolgach, transfer bilan Yan-Klas Xuntelar va Jerri Xamstra shug‘ullana boshladilar va Erediviziya mezoni bo‘yicha ulkan kamomadga yo‘l qo‘ydilar. Jumladan, Stiven Bergveyn uchun klub «Tottenxem»ga o‘z tarixidagi rekord mablag‘ - 31 mln. yevro to‘ladi, «Reynjers» vakili Kelvin Bessi uchun 23, «Leypsig»lik Brayan Brobbi uchun 16,3 mln. sarfladi.

Ten Xag o‘rnini egallagan Alfred Sxroyder zafarli parvozni davom ettirishi kutilgandi. Amalda ichki chempionatdagi 6 durangli seriyadan keyin, YECHLni guruh bosqichida yakunladi. Uning o‘rnini egallagan Jonni Xeytinga nisbatan yaxshiroq natijaga erishdi - Erediviziyada 3-o‘rin, YELda 1G‘16 final, Niderlandiya Kubogida final (penaltilar seriyasi «Feyenoord»ga imkoniyatni boy berdi).

Jiddiy o‘zgarishlar zarur ekanligini tushungan mutasaddilar sport direktori lavozimiga Sven Mislintatni tayinlashdi. «Borussiya Dortmund»da asosiy skaut lavozimida ishlagan mutaxassis bo‘lajak yulduzlarni topish qobiliyati evaziga «Brilliant ko‘z» taxallusini olgandi. Robert Levandovski, Usmon Dembele, Mats Xummels va Jeydon Sancho kabi afsonalarni aynan u kashf etgandi.

Biroq u 2017-2019 yillarda «Arsenal»da ijobiy o‘zgarishni ko‘rsata olmadi. Londonliklar Svenni «Borussiya»ning sobiq o‘yinchilari olib kelganlikda aybladilar. Darhaqiqat, Obameyang, Sokratis va Mxitaryan «to‘pchilar» safida barqaror o‘yin ko‘rsata olmadilar. Lekin «to‘pchilar»ga Vilyam Saliba sovg‘a qilgan ham ana shu mutaxassis edi.

O‘tgan yil yozida «Ayaks» odatdagidek bir qator o‘yinchilarini risoladagidek bahoda APL klublariga pulladi. Jumladan, Yurriyen Timber, Muhammad Quddus va Edson Alvareslarni. Yangi xaridlar ham anchagina - 12ta. Lekin ularning aksariyati yuksak saviyani namoyish etishga ulgurmagan, ammo yaqin kelajakda mo‘may daromad keltiradigan yuksak salohiyat sohiblari edilar.

Mavsumni «Xerakles» ustidan erishilgan 4:1 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshlagan «Ayaks» 7 kundan keyin safarda kamtarin «Ekselsior» bilan durangga (2:2) imzo chekdi. YEL saralashida «Ludogores» to‘sig‘idan o‘tgani jamoa kayfiyatini ko‘targan bo‘lsada, «Fortuna» bilan nursiz durang, «Tvente»dan qabul qilingan mag‘lubiyat va «Marsel» bilan YELdagi jangovar (3:3) durang tufayli «Feyenoord»ga qarshi derbiga 3ta g‘alabasiz o‘yin bilan yetib keldi.

Maydondagi ko‘ngilsizliklar bilan birgalikda, Mislintat va o‘tgan yil yozida «Sparta»dan kelgan yangi bosh murabbiy o‘rtasidagi ziddiyat ham kuchaya boshladi. Kelishmovchilikning ilk belgilari «Fortuna» bilan qayd etilgan durangdan keyin bo‘y ko‘rsatdi. Jurnalistlarning tarkibni shakllantirishda uning ishtiroki qay darajada bo‘lgani xususidagi savolga murabbiy quyidagicha javob qaytardi: «Biz o‘z rejamizni bayon etdik. Biroq Mislintat boshqa variantni tanladi».

Steyn «Feyenoord»ga qarshi bahsda 12 nafar yangi o‘yinchilarning 7 nafarini zaxirada qoldirdi. Bu sport direktoriga qarshi qaror edi. O‘yindan bir kun avval Mislintat agar jamoa derbida mag‘lubiyatga uchrasa, murabbiy iste’foga chiqishini aytib, klub xizmatchilarni hayron qoldirgandi. Bu shok holatiga sabab bo‘ladigan qadam edi. Klub nazorat kengashining hozirgi raisi Pyer Ering Mislintatning oshkora bayonotini qoraladi.

Yakunda «Ayaks» sport direktorini iste’foga chiqardi. Birinchidan, klubda funksionerni qo‘llab-quvvatlaydigan kishi yo‘q edi. Ikkinchidan, Mislintat «Shtutgart»dan o‘tgan xorvatiyalik himoyachi Born Sosaning transferi tufayli muammolarga duch kelgandi.

Endi «Ayaks» Mislintatni almashtirishga kirishishdan avval darg‘azab holatdagi muxlislarini tinchlantirishi lozim. Natijalarning o‘zgarishi bu masalada muhim ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, sport direktori ketganidan keyin Steyn rahbariyatning ishonchini yo‘qotmagan. Lekin tarkibdagi o‘zi xarid qilishni istamagan ko‘pchilik o‘yinchilar bilan nimaga erishishi mumkin?

Agar natijalar yaxshilanmasa, murabbiyni ham o‘z lavozimidan chetlatiladi. Ijobiy o‘zgarishlardan esa, hozircha darak yo‘q. Xullas, «Ayaks»ning yaqin kelajagi mavhum. Klub rahbariyatidan boy berilgan cho‘qqilarni qaytadan zabt etishni ta’minlaydigan rejani ishlab chiqish talab etiladi.

***

«Ayaks» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi. Klub 8 o‘yinda g‘alaba qozona olmay, 17-o‘rinda bormoqda «Ayaks» klubi jamoa bosh murabbiyi Moris Steyn bilan kelishuv bekor qilinganini rasman e’lon qildi. Amsterdam jamoasi xabariga ko‘ra, klubning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalari sababli bosh murabbiy iste’foga chiqarilgan. Steyn bilan 2026 yilgacha belgilangan shartnoma bekor qilindi.

«Hozirgi vaziyatdan chiqishning eng yaxshi yo‘li kelishuvni bekor qilish degan qarorga keldik. Bundan juda afsusdaman. «Ayaks»ni o‘z o‘rniga qaytarish uchun bor imkoniyatimni ishga solgandim, ammo buni uddalay olmadim», - deydi 49 yoshli mutaxassis.

Amsterdam klubi ketma-ket 8 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Chempionatning eng sovrindor jamoasi 7 o‘yindan keyin 5 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:56, 24.10.2023.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.