Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

"MYU" tarkibi Grem Potter qo‘l-ostida qanday ko‘rinish oladi?

"MYU" tarkibi Grem Potter qo‘l-ostida qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

Agarda "Manchester Yunayted"ning natijalari shu zaylda davom etaversa, oradan ko‘p o‘tmay, klubda yangi murabbiyni ko‘rishimiz mumkin. Xabarlarda Erik ten Xag o‘z o‘rnini Grem Potterga bo‘shatib berishi mumkinligi aytiladi. Agarda shunday bo‘lsa, jamoa tarkibi o‘zgarishlarsiz qolmasligi aniq. Xususan, Potter "MYU" safiga o‘ziga tanish bo‘lgan bir nechta nomlarni jalb etadi. "Qizil iblislar"ni Ser Jim Retkliff sotib olsa, u murabbiylar shtabini almashtiradi. Potter esa aynan shuni kutmoqda. 48 yoshli mutaxassis "Chelsi"dagi o‘rnida uzoq vaqt qola olmagandi. Ammo uning "Brayton"dagi uch yili katta tajriba maktabi bo‘ldi. Potter hozir "Manchester Yunayted"ga aynan kimlar kerakligini yaxshi biladi. Quyida shu haqida so‘z boradi.

Grem Potter birinchi navbatda yarim himoyani mustahkamlaydi. Shu sababli, u e’tiborini "Brayton"ning yosh yulduziga qaratadi. Xulio Ensiso ana shu nomdir. Paragvaylik yarim himoyachi "qizil iblislar" muammolariga yechim bo‘lishi mumkin. Potter qarori bilan Ensiso 2022 yilda 9.6 million funtga xarid qilingandi. Ammo, ayni damda "chag‘alaylar" Ensiso uchun bir necha barobar ko‘p so‘rashi, turgan gap.
"Manchester Yunayted"da chap qanot himoyasi so‘nggi paytlardagi eng katta muammoga aylandi. Bunga Lyuk Shouning jarohatlari sabab bo‘lmoqda. Uning o‘rnini bosadigan variantlar ko‘p va ular ichida Pervis Estupinyan ajralib turadi. Estupinyan 2021 yilda, aynan Potter tomonidan "Brayton"ga keltirilgan edi. Hozirda 25 yoshli futbolchi uchun YECHL jamoasiga o‘tish eng yaxshi yechim bo‘ladi. Qolaversa, Potter kelsa, Estupinyan uchun moslashuv jarayoni yanada oson kechadi.

Agarda Estupinyan varianti o‘xshamasa, u holda Mark Kukurelya uchun harakat qilish kerak. Potter uni o‘tgan yili o‘zi bilan birga "Chelsi"ga yetaklagandi. O‘tgan yoz davomida Kukurelya uchun "MYU" ham da’vogarlar ichida bo‘lgan. Afsuski, "qizil iblislar" qanotdagi muammoni Serxio Regilon bilangina berkita oldi xolos. Ha, Potter "MYU"ga kelgani bilan, u "Chelsi"dagi yirik xaridlari bo‘lmish Enso Fernandes va Mixail Mudriklarni mankunianliklar safiga jalb eta olmaydi. Ammo boshqa, biroz ko‘rimsiz o‘yinchi sobiq ustozi qo‘l-ostiga o‘tishni inkor etmasligi mumkin. Uning ismi Noni Maduekedir. Madueke hozirda "MYU"ning omadsiz xaridlari bo‘lgan Antoni va Sanchoning o‘rnini egallaydi. U aynan Potter tomonidan "Chelsi"ga olib kelinib, o‘yin vaqtiga ega bo‘lgandi.

Albatta, yangi futbolchilarning kelishi, "MYU"dagi asosiy figuralar o‘rniga ta’sir ko‘rsatib, ularni qattiqroq kurashishga chaqiradi. Ammo bu holat top-klublarda, asosan, ijobiy tomonga xizmat qiladi va shunday ham bo‘lishi kerak. Misol uchun Shou Estupinyan bilan qanotdagi o‘rin uchun kurashadi. Meyson Maunt va Ensiso esa yarim himoyadagi saviyani oshirib beradi. Madueke ham sifatli o‘yin uchun xizmat qilishi kerak. Shunga qaramay, Fernandesh, Reshford hamda Kazemirolarni Potter asosiyda qoldiradi. Yuqorida nomlari qayd etilganlar esa faqatgina "MYU"ning yaxshilanishiga yordam beradi.

 

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:21, 24.10.2023.
O'qildi: 6234 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.