Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

APLning so‘nggi besh yildagi eng ko‘p sariq/qizil kartochka olgan jamoalari ma’lum bo‘ldi

APLning so‘nggi besh yildagi eng ko‘p sariq/qizil kartochka olgan jamoalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining eng qo‘pol ko‘rsatkichga ega klublari ma’lum qilindi. Bu borada "Manchester Yunayted" vanihoyat turnir jadvali peshqadamiga aylandi. Kompyuter tartib-intizom borasidagi statistikani so‘nggi besh yillik davr uchun hisoblab chiqdi. Bu vaqtda APLda bo‘lgan 12 ta klub ko‘rsatkichlari hisobga olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, "MYU" qoidabuzarlik va jazolanish borasida ustuvorlikka ega.

Ortda qolgan besh yil davomida "qizil iblislar" jami 386 ta sariq kartochka bilan jazolangan. Bu esa ikkinchi o‘rindagi jamoadan 13 taga ko‘proqdir. Mankunianliklar bu davr mobaynida, shuningdek, to‘qqizta qizil kartochkaga tortilgan. Ushbu raqam 12 ta klub ichidagi ikkinchi eng yomon raqamdir. Sariq kartochkalar ko‘pligi hisobiga qoidabuzarliklar borasida "Manchester Yunayted" o‘rtacha hisobda birinchi o‘rinni egallaydi. O‘rtacha ochkoni hisoblashda har bir sariq kartochka bitta, qizil kartochka esa ikkita ochko sifatida hisoblab olindi. Shunda "MYU"ga har bir o‘yin uchun o‘rtacha 2.04 ochko kelib chiqdi. Shu sababli, "MYU" "Everton"dan yuqorida joylashtirildi.

"Everton" ikkinchi o‘rindagi eng yomon intizomli jamoaga aylangan. Klub APLda "Manchester Yunayted"dan ancha kam sariq olgani rost. Ammo mersisaydliklarning qizil kartochkalari soni naq 17 tani tashkil etadi. Bu esa eng yomon ikkita ko‘rsatkichlardan biridir. Umumiy hisoblab ko‘rilganda "Everton"ning o‘rtacha 2.03 ochko berildi. Uchinchi pog‘ona "Tottenxem"ga nasib etdi. "Shporlar"ning o‘rtacha ochkosi 2.02 ga teng. To‘rtinchi o‘rinni "Vulverxempton" band etgan bo‘lib, "bo‘rilar"da ham ahvol anchagina yomon.

Keyingi o‘rinlarda "Arsenal", "Nyukasl Yunayted" va "Kristal Pelas" keladi. Kuchli o‘nlikni esa "Brayton", "Chelsi" va "Vest Xem" yakunlaydi.
Qo‘shimcha, izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, Yevropaning kuchli beshlik chempionlari ichida qoidabuzarliklar uchun eng ko‘p jazolangan klub "Xetafe" bo‘lib chiqdi. Bu klubning o‘rtacha ochkosi 3.66 teng. Ular 5 yil davomida 652 ta sariq va 39 ta qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, keyingi yomon intizomli jamoalar ham ispan klublari bo‘lmish "Sevilya" va "Atletiko de Madrid"dir.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:56, 25.10.2023.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик