Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Postekoglu APL rekordini o‘rnatdi

Postekoglu APL rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Kecha, 27 oktyabr kuni “Tottenxem” Angliya chempionatining 10-turi doirasidagi o‘yinda “Kristal Pelas”ni mehmonda mag‘lub etdi – 2:1.

Buning evaziga londonliklar yakshanba kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘ynaydigan “Manchester Siti”dan 5 ochko ko‘p to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Ange Postekogluning Premyer-ligadagi dastlabki 10 o‘yinida to‘plagan 26 ochkosi turnir rekordi hisoblanadi.

Bungacha 2008/09 yilgi mavsumda “Chelsi”ni boshqargan va shu davrda 25 ochko jamg‘argan Guus Xiddink yetakchilik qilgan.

Uchinchi o‘rindan “Chelsi”ning yana ikki sobiq ustozi Maurisio Sarri va Karlo Anchelotti 24 ochko bilan joy olgan.

Kiritildi: 10:22, 28.10.2023.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.