Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 21:00 Al-Muharraq 0-3 Istiqlol
24/12 21:00 Al-Vasl 2-1 Al-Vihdat
24/12 21:00 Al-Ahli Doha 2-0 Andijon
24/12 21:00 Arkadag' 1-0 Xolidiya
24/12 21:00 An-Nasr (SA) 5-1 Az-Zavra
24/12 21:00 Goa 1-2 Istiqlol Dushanbe

Prezident qarori: Milliy futbol markazi hamda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi

Prezident qarori: Milliy futbol markazi hamda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:

Milliy futbol markazi;
Futbol bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
Sport tibbiyoti va reabilitasiya markazi.

Shuningdek, Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlanadi.

2025 yil 1 yanvardan hududiy futbol akademiyalari, maktablari va boshqa davlat futbol-ta’lim muassasalari trenerlarining Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazidan majburiy ravishda tegishli lisenziyalarni olgandan so‘ng faoliyat ko‘rsatish amaliyoti joriy qilinadi.

2024 yil sentyabrda O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan hududlarda futzal jamoalari tashkil etiladi, shu jumladan professional futbol klublari huzuridagi futzal bo‘yicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2024 yil 1 yanvardan professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun milliy valyutada 1,5 milliard so‘mgacha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.

Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “sport psixologi”, “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

2024/2025 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

2024 yil 1 martgacha respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

2024 yil 1 iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

Kiritildi: 11:37, 04.11.2023.
O'qildi: 2628 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.