Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Jon Terri ham Saudiyada

Jon Terri ham Saudiyada

Baho:
+ | -

Futbol olamining taniqli afsonalaridan biri bo‘lgan «Chelsi»ning sobiq sardori endi Saudiya Arabistoni klublaridan birida faoliyat olib boradi. Faqat g‘ayrioddiy lavozimda ishlaydi.

Futbolchimas, murabbiymas, sport direktori

Xorijiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Jon «Ash-SHabab» klubida sport direktori vazifasini bajaradi. Saudiya sport vazirligi rahbari Muhammad al Munjam u bilan muloqotda bo‘lgan. Terri klub uchun Britaniyada faoliyat yuritadi, murabbiy bo‘lishni istamadi, endi rahbarlik lavozimlaridan birini egallaydi va jamoaga murabbiy topish harakatida bo‘ladi. Sentyabr oyida OAV Terrining «Ash-SHabab» mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar berishgandi. O‘shanda saudiyaliklar uni murabbiy yoki sport direktori sifatida ko‘rish niyatida edilar.

«Ash-SHabab» - tarkibiga Karrasko va Banegani jalb etdi, lekin mavsumni omadsiz boshlagan jamoa

«Ash-SHabab» yozgi transfer mavsumida faollik ko‘rsatmagan bo‘lsada, Yannik Karrasko va Liga 1ning 5-to‘purari Habib Diallodek taniqli o‘yinchilarni xarid qildi. Shuningdek, JCH-2022 turnirining qahramonlaridan biri bo‘lgan marokashlik Romen Sayssni ijaraga oldi. Ular jamoada 3 yildan beri to‘p surayotgan Ever Banega yonidan joy olishdi. Yozda jamoa bosh murabbiyligiga avval «Ayaks» va «Sporting» jamoalarini boshqargan Marsel Keyzer taklif etildi. Uning rahbarligida «Al-SHabab» arab chempionlari Kubogi turnirida yarim finalga qadar yetib bordi, lekin Saudiya chempionatini o‘ta omadsiz boshladi: 5ta o‘yinda 12ta gol o‘tkazib yuborgan holda 2 ochkoga ega bo‘ldi.

Keyzer iste’foga chiqarilgach, vaqtincha uning o‘rnini egallagan Xuan Braun bilan jamoa 2ta bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Biroq mutasaddilar baribir, yangi murabbiyni qidirish bilan bandlar. Bu Terri uchun dast­labki topshiriq bo‘ladi.

«Spartak»ni rad etganidan keyin Terri qayerda ishladi?

Bu voqeani biz hech qachon unutmaymiz: «Aston Villa» bilan chempionshipda o‘tkazilgan mavsumdan keyin, Terri o‘z faoliyatini Rossiyada o‘tkazishi mumkin edi. Biroq u rossiyaliklar taklifini rad etib, 3 yil «Aston Villa»da bosh murabbiy assistenti vazifasini bajardi. Shu davr ichida «Villa» APLga ko‘tarilib, avval 17-o‘rinda, keyingi mavsumni 11-o‘rinda yakunladi. 2021 yilda Terri jamoani tark etdi. Birmingemda Din Smit rahbarligida ishlagan assistent shu yilning aprelida cho‘kib borayotgan «Lester»ga yo‘l oldi. Lekin «tulkilar»ni elitada olib qolish ilojini topa olmadi. Balki Din Smit «Al-SHabab» murabbiyligiga dastlabki nomzoddir?

«Chelsi» akademiyasi nima bo‘ladi?

Akademiya Terrining nav­batdagi ish joyiga aylandi. Shu yilning iyulida Jon o‘z xursandchiligini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etdi: «O‘z uyimga qaytganimdan juda mamnunman. Endi akademiyada ishlayman».

Ingliz matbuotining xabarlariga ko‘ra, «Chelsi» sobiq sardorining ishonchli o‘yinlari va sadoqatiga hurmat belgisi sifatida Terriga yoshlar jamoasini tark etishida monelik qilmaydi. «Al-SHabab»ga oid hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo ko‘pchilik Terrining Saudiyaga yo‘l olishiga shubha qilmayapti.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:26, 05.11.2023.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.