"Sevilya" markaziy himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini yozda Angliyada davom ettirishi mumkin bo‘lganligini aytdi.
Ispaniyalik futbolchi "PSJ" bilan xayrlashganidan so‘ng ikki oyni erkin agent sifatida o‘tkazdi, shundan so‘ng u "Sevilya"ga qaytishga qaror qildi. 37 yoshli futbolchining fikricha, u avvalroq Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin edi.
“Men “Manchester Yunayted” libosini kiyishga yaqin qolgandim. Mening otam bu klubning ashaddiy muxlisi”, dedi markaziy himoyachi AS nashriga bergan intervyusida.