Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Aspas VAR monitorini uloqtirib yubordi

Aspas VAR monitorini uloqtirib yubordi

Baho:
+ | -

«Selta» hujumchisi Yago Aspas La Liganing 12-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga (1:1) qarshi o‘yinda jamoa foydasiga bekor qilingan penaltiga emosional tarzda munosabat bildirdi.

Uchrashuvning 90+7-daqiqasida bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes Xesus Navasning Yorgen Larsenga nisbatan qo‘polligi uchun «Sevilya» darvozasiga penalti belgiladi.

Biroq, VARni boshqargan hakam Eduardo Pryeto Iglesiasning maslahatidan so‘ng bosh hakam epizodning takrorini tomosha qildi va keyin penaltini bekor qildi.

Bu qaror Aspasga ma’qul kelmadi va u g‘azablangan holda VAR monitorini yerga uloqtirdi.

«Men hamma ko‘rgan narsani ko‘rdim. O‘tgan haftada «Jirona»da shunday bo‘ldi, bugun ham shunday. Har safar boshimizni ko‘targanimizda, ular bizni yanada chuqurroq yerga bosishadi.

Ularning bizdan qarzdor bo‘lgan barcha ochkolarini inobatga oladigan bo‘lsak, biz deyarli Chempionlar Ligasi zonasida bo‘lishimiz kerak edi», - dedi futbolchi o‘yindan so‘ng.

Kiritildi: 15:01, 05.11.2023.
O'qildi: 1704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик