Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) muxlislar tomonidan tribunada Falastin bayrog‘ini ko‘rsatgani uchun «Seltik»ga nisbatan intizomiy ish ochdi.
Shotlandiya klubi muxlislari bir necha bor falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab chiqishgan. Xususan, 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi doirasidagi «Atletiko»ga (2:2) qarshi o‘yinda muxlislar yig‘ilish o‘tkazishdi.
«Seltik» futbol klubiga qarshi UYEFA tartib-intizom reglamentining «sport ruhiga to‘g‘ri kelmaydigan imo-ishoralar, so‘zlar, narsalar yoki provokasion xabarlarni yetkazishning boshqa vositalaridan foydalanish» moddasi bo‘yicha ish ochildi.
Voqea, xususan, siyosiy, mafkuraviy, diniy yoki haqoratomuz xususiyatga ega bo‘lgan provokasion xabarlarni o‘z ichiga olgan», — deya ta’kidladi tashkilot matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, UYEFAning nazorat, etika va intizom bo‘yicha organi o‘z vaqtida «Seltik» borasida qaror qabul qiladi.