Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

5:9 – bu xokkey emas, futbol natijasi!

5:9 – bu xokkey emas, futbol natijasi!

Baho:
+ | -

14ta gol - Chexiya chempionatidan o‘rin olgan o‘yinda g‘ayritabiiy yuqori mahsuldorlik qayd etildi. «Fastav Zlin» va «Mlada-Boleslav» bahsi 5:9 hisobida yakunlandi. 1ta o‘yinda 14ta gol, yana elit divizionda! Birinchi bo‘lim nisbatan sokin o‘tdi, ya’ni mezbonlar tanaffusga 2:1 hisobida chiqib ketishdi. To‘g‘ri, 3ta gol ham 11-15-daqiqalar oralig‘idagi qisqa vaqtga to‘g‘ri keldi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, bu boshqacha gollar yomg‘iridan nishona ekan.

O‘yinning 64-daqiqasida hisob allaqachon 5:4ga yetgandi - «Mlada» tanaffusdan chiqqach, darhol 3-golni qabul qildi, keyin qandaydir 11 daqiqa ichida raqib darvozasini 4 bora nishonga oldi. Yakunda mehmonlar 9:5 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ular hattoki, 90Q5-daqiqada ham hujumga o‘tishdaye to‘xtashmadi. Xullas, bitta o‘yinda 14ta gol, shundan 11tasi ikkinchi bo‘limda! Boz ustiga, 14ta gol qayd etilgan bahsda biror futbolchi samaradorlik bobida yaqqol ajralib turgani yo‘q. Lekin birdaniga 3 nafar futbolchi «dubl»ga erishdi. To‘g‘ri, hujumchi Vasil Kushej 2ta goldan tashqari, 2ta samarali uzatmaga ham mualliflik qildi.

«Mlada» bosh murabbiyi Marek Kulich o‘yindan keyin yakuniy natijadan hayratlangani, ammo u uncha mamnun emasligini yashirmadi: «Bunaqasi 100 yilda bir marta bo‘ladi. Tanaffus vaqti kiyinish xonasida asabiy holat kuzatildi, shogirdlarimga ilk marta shunday qattiq baqirdimki, ovoz pardam yirtildi go‘yo. Yo‘q, ikkinchi bo‘limda uncha zavqlanmadim. Deylik, kimlar qanday gol urishganini ham eslab qololmadim. Qolaversa, 5ta gol qo‘yib yuborganimiz... Boz ustiga, avvalgi o‘yinda darvozamizdan 4 marta to‘p olib chiqqandik. Bu - fojia...». «Zlin» ustozi Pavel Vrba esa «shok»ka tushgani, lekin jamoasi qanday qilib 5ta gol urganini aslo tushunmaganini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, «Mlada» turnir jadvali peshqadami bo‘lsa, «Zlin» oxirgi o‘rinda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:14, 05.11.2023.
O'qildi: 17380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.