Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

OCHL. «Nasaf» Qarshida «Sharja» bilan durang o‘ynadi

OCHL. «Nasaf» Qarshida «Sharja» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida "Nasaf" o‘z maydonida "Sharja"ni qabul qildi. O‘yin voqealarga boy bo‘ldi.

Bahsning 7-daqiqasida hakam VAR yordamida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Jaba Jigauri tomonidan yo‘llangan zarbani esa "Sharja" posboni qaytardi. Ushbu darvozabon birinchi o‘yinda ham penaltini qaytarib, jamoasiga muim g‘alabani taqdim etgandi.

Oradan 8 daqiqa o‘tib esa BAAliklar hisobni ochishdi. Alibek Davronovnig xatosidan so‘ng Musa Magera darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, to‘pni darvozaga joyladi.

"Nasaf" esa 80-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirdi. Zafarmurod Abdurahmatov chap qanotdan havolatib yetkazgan uzatmani Lima Kruz bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Goldan so‘ng raqib posboni Nurulloyevga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limga 10 daqiqa qo‘shib berildi. Uning ikkinchi daqiqasi o‘tib borayotganida Alibek Davronov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Natijada "Nasaf" o‘yin oxiriga qadar golga tortadigan vaziyat yarata olmadi.

Ushbu durang tufayli "Sharja"ning ochkolari 8 taga yetgan bo‘lsa, "Nasaf" 7 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

OCHL. «B» guruhi, 4-tur
"NASAF" - "SHARJA" (BAA) - 1:1 (0:1)
Gollar: Mateus Lima Kruz (81) — Musa Magera (16)
Noaniq penalti: Jaba Jigauri (8, darvozabon)
Ogohlantirishlar: Nasrullayev (31), Alibek Davronov (59) — Muhammad ABdulbosit (73)
Chetlatishlar: Alibek Davronov (90+2) Odil al-Husaniy (84, darvozabon)
"Nasaf": Ne’matov, Davronov, Nasrullayev (Lima Kruz, 71), G‘aybullayev (Abdurahmatov 46), Mozgovoy, Nurulloyev, Abdurahimov (Siddiqov 46), Jigauri (Stanoyevich 46), Bozorov, Eshmurodov, Omonov (Andres Chaves 71)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:09, 06.11.2023.
O'qildi: 1634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.