Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ten Xagning "Manchester Yunayted"dan ketishi uchun besh sabab

Ten Xagning "Manchester Yunayted"dan ketishi uchun besh sabab

Baho:
+ | -

Ammo yangi mavsumda ham yutuqlar uchun kurash yaxshi boshlanmadi. MYU 1962/63 yilgi mavsumdan beri eng yomon startini va 1930 yildan beri uy o‘yinlaridagi yomon startni amalga oshirdi. Chempionlar ligasida ham ishlar yaxshi emas. Qanchalik arzimas tuyulmasin, klub murabbiyni almashtirish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Buning bir qancha sabablari bor. 

Jamoada yaqqol yetakchining yo‘qligi

Bir tomondan Ten Xag maqtovga sazovor bo‘ldi, chunki "Manchester Yunayted" uning qo‘l ostida yaxshilana boshladi va besh yillik kuboksiz  seriyani yakunladi. Ammo MYU bu mavsumda ancha zaif ko‘rinmoqda. "Mankunianliklar" o‘zidan kuchsizroq jamoalar bilan o‘yinda qiyinchilikka uchrayapti. Boshqa grand klublardan ancha kuchsizdek go‘yo.

Manchester United preseason priorities: Striker, Mount, more - ESPN

"Klub qarshi hujumlarga tayanib qolgan va diagonal uzatmalarda ko‘p o‘ynaydi. Kuzatsangiz, hech bir jamoa bunday harakatni amalga oshirmaydi. Ten Xag olib kelgan o‘yinchilar mashg‘ulotlarda qanday ko‘rinmoqda va o‘yinlarda qanday natija qayd etmoqda? Maydonda hech qanday foydasi tegmaydi", - deydi Jeymi Karager.

 "Menga jamoaning o‘yin uslubi umuman yoqmaydi. Ular qaynday modelga yopishib olganini bilmayman", - deydi Gari Nevill.

Ange Postecoglou in Tottenham dropped points as ex Celtic boss takes charge  of first Premier League game - Football Scotland

O‘zidan kuchsizroqdek ko‘ringan klublarning amalga oshirayatgan ishlariga qaraydigan bo‘lsak, Ten Xagni oqlab bo‘lmaydi. Angelos Postekoglu, Unai Emeri va Roberto De Zerbi "Tottenxem", "Aston Villa" hamda "Brayton"da o‘z o‘yinchilariga aniq taktik rejaga amal qilishni o‘rgatib, o‘zgaruvchan ta’sir ko‘rsatdi. "Manchester Yunayted"da esa Ten Xag bunday ishlarni amalga oshirmayapti.

 G‘alati transferlar

MYU ustozi "Old Trafford"ga kelganidan beri transferlar uchun jami 335 million funt sarfladi. Pep Gvardiola xuddi shu davrda "Manchester Siti"da 100 million kamroq sarf qilgan. Kazemiro, Lisandro Martines va Kristian Eriksen kabilar "Manchester Yunayted"ga o‘tishdi, ammo bu mavsumda hozircha avvalgi darajalariga chiqqanlaricha yo‘q.

Manchester United reveal Lisandro Martinez and Christian Eriksen shirt  numbers | Daily Mail Online 

Klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat transfer (85 million funt) bo‘lgan Antoni o‘ziga sarflangan pulni oqlash uchun jiddiy harakat qilmayapti. Tayrel Malasiya ham asosiy tarkibga tezda kirib ketolmadi. Meyson Maunt esa, Brunu bilan tandemda unchalik o‘zini ko‘rsata olmayapti. David De Xea o‘rniga jamoaga oilb kelingan “Inter” sobiq darvozaboni Andre Onana bir qancha xatolarga yo‘l qo‘yib, klubining salbiy natijalariga sabab bo‘lmoqda. 

Antony é afastado do Manchester por agressão: “Reitero inocência” |  Metrópoles

Yozgi transferlar oynasida Xarri Keyn uchun kurashish o‘rniga Ten Xag “Atalanta”da o‘zini ko‘rsatgan, ammo Premyer ligada hali gol urolmagan 20 yoshli Rasmus Xoylundni tanladi. Sofyan Amrabat va Serxi Regilon ham jamoani jiddiy ravishda o‘zgartira oldi deya olmaymiz. 35 yoshli Jonni Evansning olinishi esa, klubning himoyadagi kamchiligini yopa olmadi.Ten Xagning amalga oshirgan transferlari jamoaga teskari ta’sir ko‘rsatib, klubinng kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi.

Rasmus Hojlund issues defence of 'world class' Marcus Rashford after  Manchester United criticism 

Jamoa sardorini aniqlashdagi muammolar

 Niderlandiyalik mutaxassis Xarri Maguayrning bir necha “qovunlari” sabab, sardorlikdan mahrum qildi. Ammo uning o‘rniga o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan Brunu Fernandesh tanlandi. Portugaliyalik o‘tgan mavsumda jamoaning vise-kapitani edi.

Harry Maguire delivers his verdict on Manchester United's recent progress  under Erik ten Hag - Manchester Evening News 

Shubhasiz, Fernandesh ayni damda tarkibdagi eng faol o‘yinchi va u ko‘pincha maydonagi bor mas’liyatni o‘z zimmasiga oladi. Ammo qiyin damlarda, jamoaviy ruhni ko‘tarishga kelganda, portugaliyalik o‘zini hamda jamoasini tushkunlikdan olib chiqolmaydi.

 Bruno Fernandes officially named new Man Utd captain just days after Harry  Maguire was brutally axed by Erik ten Hag | Goal.com US

Ten Xag boshchiligidagi jamoada yetakchilar kam, lekin Fernandeshdan tashqari yana kamida 2 ta yaxshi variant bor. Masalan, Rafael Varan. Varanda klub sardori bo‘lish uchun yetarlicha tajriba va o‘ziga xos xotirjamlik bor. Fransiyalik futbolchi Brunudan hoziroq bu lavozimni olib qo‘yishi mumkin edi, ammo sog‘igidagi muammolar so‘nggi haftalarda muntazam o‘ynashga to‘sqinlik qildi. Keyingi o‘rinda “Manchester Yunayted” safida aynda vaqtda eng ko‘p o‘yinda ishtirok etgan Lyuk Shou.SHou hozirda jarohatidan forig‘ bo‘lishga intilmoqda. Lekin u bir necha yil ichida MYUning eng barqaror o‘yinchisiga aylandi.

 Jamoa ichki muhitining yomonligi

 Ten Xag jamoada o‘z obro‘sini ko‘rsatishga bir necha bor urinib ko‘rgan, jumladan Krishtianu Ronaldu va Jeydon Sanchoni jamoadan chetlatdi. Portugaliyalik ketganidan so‘ng klubning natijalari biroz yaxshilandi, lekin angliyalik bilan vaziyatda hammasi unchlik ham aniq emas. Murabbiy uni jamoatchilik tanqid qilgani uchun diskvalifikasiya qildi, garchi u avval ham xuddi shunaqa tanqidlarga duch kelgan bo‘lsa-da. Vaziyat bir necha oydan beri yaxshilanmadi va hammasi futbolchining klubni tark etishi tomon ketmoqda.

Cristiano Ronaldo: Manchester United boss Erik ten Hag only found out he  wanted to leave when he saw interview | Football News | Sky Sports

 Sanchoning jamoadagi raqobatchilari hech nima qila olmayotganini inobatga olgan holda, ziddiyatni kuchaytirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Markus Reshford va Antoni jamoaning muvaffaqiyatlariga minimal hissa qo‘shaniga va hujumni kuchatirish zarurligiga qaramay, muntazam tarzda maydonga tushishda davom etmoqda. Ten Xag optimal tarkib tuzishda hali g‘am qiynalayotgani tayin. Bunday vaqtda Sanchoning tarkibga kiritilmasligi achinarli holat.

Ten Hag dodges Sancho questions, stresses need for standards at Man Utd |  Reuters 

Klub o‘yinlarida barqarorlik yo‘qligi

 MYU so‘nggi to‘rtta o‘yinning uchtasida g‘alaba qozongan. Ammo “mankuniyanliklar” ikkita bahsda bazo‘r g‘alabaga erishdi. Liga Kubogining uchinchi bosqichida “Kristal Pelas” ustidan qozonilgan g‘alaba eng yorqinlaridan biri. Ammo raqiblar “Old Trafford” da ham klubga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. 

Man United vs Crystal Palace result, highlights and analysis as Rashford  goal proves enough after Casemiro red | Sporting News Canada

“Nyukasl”ga qarshi Liga Kubogining to‘rtinchi tur uchrashuvidan so‘ng, “Manchester Yunayted” hech bo‘lmaganda Premyer ligada yaxshi taqvimga ega edi. “Fulxem” kichik hisobda mag‘lub etildi. “Luton” va “Everton”ga qarshi o‘yinlar jamoani kutib turibdi. Ko‘rinishidan qiyin emasdek, ammo qanday natida qayd etilishini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz....

Manba: goa.com
Kiritildi: 21:55, 11.11.2023.
O'qildi: 3502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.