Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Samvel Babayan: “Jamoamiz buyog‘iga ham o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yadi”

Samvel Babayan: “Jamoamiz buyog‘iga ham o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yadi”

Baho:
+ | -

Superligasining 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. “Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Assalomu alaykum! Avvalo, muxlislarimizni bugungi g‘alaba tabriklayman. Judayam muhim bahsda zafar quchdik. To‘g‘ri, ayni paytda “Bunyodkor” yetakchi emas, ammo baribir chempionatimizning brend jamoalaridan biri hisoblanadi. “Navbahor” bugun  chempionatimizning eng yaxshi o‘yinlaridan birini munosib tarzda o‘tkazdi. Bugun yigitlar nimalarga qodirliklarini ko‘rsatishdi, muxlislar ham ushbu o‘yindan zavq olishdi, deb o‘ylayman.

Oldinda biz uchun o‘ta muhim bo‘lgan to‘rtta bahs qoldi. Ushbu o‘yinlar joriy yilning finali hisoblanadi. Futbolda hamma narsa, mo‘’jiza ham bo‘lishi mumkin. Qolgan uchrashuvlarda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. 

- OCHL va Superligadagi g‘alabalar uchun minnatdorchilik bildiramiz. “Navbahor”ni ushbu oyning 24-sanasida safarda “Olimpik va 28-sanasida o‘z maydonida “Al-Hilolga qarshi kechadigan bahslar kutib turibdi. Bo‘lajak bellashuvlarda jamoadan 100 foizlik natijani kutish mumkinmi?

- Bizni “Al- Hilol”ga qarshi prinsipial uchrashuv kutib turibdi. Bu o‘yin autsayder va yetakchi o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lmaydi. Joriy mavsumda jamoamiz uchun oddiy  o‘yinlar bo‘lgani yo‘q. Qolganlari ham shunday. Biz har bir bahsda g‘alabaga erishishni xohlaymiz.

- Nega Jasur Yaxshiboyev mavsum yakunlanmasidan oldin jamoani tark etdi?

- Yaxshiboyevning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar bor va u davolanyapti, sababi shu.

- Temurxo‘ja Abduxoliqovchi, u bugun maydonga tushmadi...

- Abduxoliqovda ham shunday. Futbolchining jarohati bor.

- Jamoaning kelasi mavsumdagi rejalari bu yilgisidan farq qiladi deyishyapti, bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi?

- Bugun “Navbahor”ning zamonaviy tarixidagi barcha zafarlar Namangan viloyati hokimining sa’y-harakatlari evaziga yuzaga kelmoqda. Oldimizdagi maqsadni ham u aniqlab beradi. Biz bu yil tarkibga iqtidorli futbolchilarni jamlagan holda, oldinga qadam tashladik. Bunga misol tariqasida Oston O‘runov, Pro liga jamoasidan safimizga qo‘shilgan Ibrohim Yo‘ldoshev kabi futbolchilarni keltirish mumkin. Qisqasi, ular turli jamoalardan tarkibimizga qo‘shilishgan bo‘lsada, ularning barchalari iqtidorli  yigitlar. Futbolchilar yaxshi amaliyot va rag‘batga ega bo‘lishdi, OCHL hamda Superliga bahslarida maydonga tushishdi. “Navbahor” ushbu mavsum nafaqat, Osiyo, balki dunyodagi mavqesini tiklab oldi. Rejalarimiz ulkan. Jamoamiz buyog‘iga ham o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yadi. Rahbarimizning maqsadlari aniq va tasdiqlangan. Bu gaplarga ishonmanglar. “Navbahor” muayyan darajaga chiqdi hamda endi shu ruhda davom etadi.

- Jamoa ushbu mavsumdagi xatolardan kerakli xulosalar chiqardimi?

- Albatta, futbolda xatolar bo‘lib turadi. Kim kamroq xato qilsa, g‘alaba qozonadi va natijaga erishadi.  To‘g‘ri, biz ham xato qildik, mavsum davomida jarohatlar bo‘ldi. Xulosalarga keladigan bo‘lsak, har bir omadsiz o‘yindan so‘ng uni tahlil qilib, xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Asosiysi - yigitlar mas’uliyatni his qilishmoqda.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:07, 12.11.2023.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.