"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Saudiya klublarining radarida. Saudiya Arabistoni vakillari Fernandesh uchun "qizil iblislar"ga 100 million yevro taklif qilishlari mumkin.
Brunu 29 yoshda va deyarli to‘rt yildan beri "Manchester Yunayted"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumni oladigan bo‘lsak, portugaliyalik yarim himoyachi 17 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z sheriklari safida 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya klublari moliyaviy imkoniyatlari katta bo‘lgani uchun yozda Yevropadan yuqori maqomga ega futbolchilarni faol ravishda xarid qilishgan.













