Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Manfaatlar to‘qnashuvi. Egasi bitta bo‘lgan «MYU» va «Nissa»ning yevrokuboklardagi taqdiri qanday?

Manfaatlar to‘qnashuvi. Egasi bitta bo‘lgan «MYU» va «Nissa»ning yevrokuboklardagi taqdiri qanday?

Baho:
+ | -

«Yunayted» yaqin orada klubning 25%ini INEOS egasi ser Jim Retkliffga sotganini e’lon qiladi. Bunda yangi homiylar sport siyosati bo‘yicha boshqaruvni qo‘lga oladi. Eski xo‘jayinlar esa moliyaviy masalalarda yana o‘z mavqelarini saqlab qoladi. Britaniyalik funksioner aksiyalarning chorak qismi uchun 1,25 milliard funt to‘laydi.

Kelishuv doirasida britaniyalik milliarder Retkliff «Manchester Yunayted»ning futbol faoliyati ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oladi va kelajakda klubni to‘liq qo‘lga olish ehtimoli bor.

Biroq INEOS allaqachon Fransiya 1-ligasining «Nissa» va Shveysariya Superligasining «Lozanna» klubiga egalik qiladi va Kot-d'Ivuarning «Rasing Klub Abidjan» klubi bilan hamkordir.

«Nissa» ayni damda Liga 1da peshqadam «PSJ»dan atigi bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Agar Retkliff hozirgi shartnomasini yakunlasa va har ikki jamoa ham Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, «Nissa» va «Yunayted» kelasi mavsumda Yevropada raqobatlasha oladimi, degan savollar tug‘iladi.

UYEFA qoidalariga ko‘ra, agar klub egalari ikkala jamoa ustidan «hal qiluvchi ta’sir»ga ega bo‘lsa, klublarni musobaqadan chetlatishga asos tug‘iladi.

UYEFA klublar musobaqalari reglamentining 5-moddasi musobaqaning yaxlitligi va bir nechta klublarga egalik huquqini ifodalaydi: qoidalar bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan boshqariladigan ikkita jamoaning bir musobaqada ishtirok etishini taqiqlaydi.

2017 yilda UYEFA Red Bull'ning «Leypsig» va «Zalsburg» klublari orasidagi egalik huquqini tekshirdi va moliyaviy ekspertlar ularning egalik guruhi ikki klubning boshqaruv tuzilmasida noqonuniy harakatlar qilmaganini aniqladi. Shundan so‘ng ikkala klubga Chempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat berildi.

Retkliffning INEOS kompaniyasi faqatgina «Yunayted»ning ozchilik ulushini sotib olayotganligi sababli, UYEFA qoidalari «Nissa» va Premyer-liga klubiga bir vaqtning o‘zida Chempionlar ligasida ishtirok etishiga ruxsat beradi.

Kiritildi: 23:02, 15.11.2023.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик