Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Union» ikkinchi inqilobga qo‘l urmoqchi

«Union» ikkinchi inqilobga qo‘l urmoqchi

Baho:
+ | -

«Union Berlin» - barchamiz ishonishni istagan futbol ertakining ajoyib namunasi edi. 2019 yilda klub tarixda birinchi marta Bundesligaga kirdi. O‘shandan beri kuchli o‘yin ko‘rsatib, vaqti-vaqti bilan taniqli raqiblarga dadil qarshilik ko‘rsatdi.

O‘tgan mavsumda «Union» Germaniya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga tarixiy yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Berlinliklar uchun Yevropa lotereyasi qiyin bo‘lib chiqdi: jamoa «Braga», «Napoli» va «Madrid» bilan bir guruhdan joy oldi. «Union» Chempionlar ligasidagi ilk ochkosini faqat musobaqaning 4-turida qo‘lga kiritdi - jamoa Italiya chempioni bilan durang o‘ynadi.

Germaniyada ham berlinliklarning ishi yaxshi emas. Bundesliganing 11-turidan so‘ng Fisher shogirdlari 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

«Union» barcha musobaqalarda so‘nggi 14 uchrashuvning 13 tasida mag‘lub bo‘lgan. Faqat Neapoldagi uchrashuv durang bilan yakunlangan. «Bayer»dan 0:4 hisobida uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng poytaxtliklar rahbariyati bunga chiday olmadi.

Klub «Union»ni Bundesligaga olib chiqqan, jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqqan Urs Fisher bilan yo‘llarini ayro qilishga majbur bo‘ldi, ammo bu berlinliklarning mas’uliyati va ambisiyalarini oshira olmadi. Fisher bilan birga uning yordamchisi Markus Xoffman jamoa bilan xayrlashdi.

Klub, U-19 tarkibi a’zosi Marko Grote bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo‘lishini tasdiqladi. Grote bilan birgalikda Mari-Luiza Eta berlinliklarning asosiy qismini tayyorlaydi va bu voqea tarixiy! Bundesligada birinchi marta ayol mutaxassis erkaklar jamoasida yordamchi murabbiyga aylandi.

Mari-Luiz 31 yoshda va futbolchilik faoliyatini olti yoshida boshlagan. U klubini bir necha bor o‘zgartirdi, lekin katta ehtimol uning eng muvaffaqiyatli davri «Turbina»dagi yillari bo‘lgan. Klub bilan birgalikda u 2010 yilda Ayollar chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, shuningdek, Germaniya chempioni va bir necha bor mamlakat kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Nemis terma jamoasida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Mari-Luiz Bundestimning ayollar yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bu yana bir tarixiy yutuq bo‘lishi mumkin. 29 noyabr kuni «Union» «Braga»ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi. Agar berlinliklar shu vaqtgacha yangi mutaxassis topmasa, Mari-Luiz erkaklar o‘rtasidagi Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoaning yordamchi murabbiyi sifatidagi birinchi ayolga aylanadi.

Kiritildi: 10:53, 16.11.2023.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.