Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Yil barteri – futbolka o‘rniga chips!

Yil barteri – futbolka o‘rniga chips!

Baho:
+1 | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Yaponiyalik Takefusa Kubo joriy mavsum munosib statistikasi bilan nazarga tushdi.

22 yoshli yarim himoyachi «Real Sosyedad» libosidagi jami 13ta o‘yinda 5ta gol urishdan tashqari, 3ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Yaponiya milliy jamoasi umidi Ispaniya kubogidan o‘rin olgan «Bunyol»ga qarshi o‘yinni esa zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Bu hol kichik shaharchadagi oddiyroq stadionda yil ayirboshlashi amalga oshishiga imkon yaratdi.

Stadionda tribunalar va maydon hududini ajratib turgan to‘siqlar yosh muxlislardan birining Takefusadan futbolka olishiga xalaqit bergani yo‘q. Shaddod bolakay shunchaki, «Sosyedad» zaxira o‘rindig‘iga yaqinlashdi va ishonch bilan baqirdi: «Kubo! Menga o‘z futbolkangni bera olasanmi?» Yaponiya­lik yosh yarim himoyachi esa yosh muxlis iltimosini qondirdi. Quvonganidan o‘z ichiga sig‘magan bolakay qadrli «o‘lja»ni olishi bilan ota-onasi tomon yugurdi. Kuboning futbolkasi unga ancha katta ekanligi o‘z-o‘zidan tayin, lekin bu muammo emas, to‘g‘rimi?

Asosiy voqelik keyin kuzatildi: bolakay «Yaxshilikka yaxshilik» tushunchasiga amal qilib, ortga qaytdi va Kuboni yana bir bora ishonch bilan chaqirib, unga chips qutisini tutqazdi. Sovg‘aga javoban minnatdorchilik! Ha, bolakay aftidan, hayot haqida ma’lum tushunchaga ega ko‘rinadi. Baxtiyor muxlis shundan keyingina quvnoq holda o‘z o‘rniga qaytdi. Kubo esa chipsni «Sosyedad» zaxirachilari bilan baham ko‘rdi. Xullas, yil barteri!

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:01, 17.11.2023.
O'qildi: 1993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.