Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka - Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

Shimoliy Koreyaning ichki siyosati sababli qiynalgan futbolchi ikki yil o‘tib ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreyaning ichki siyosati sababli qiynalgan futbolchi ikki yil o‘tib ko‘rinish berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

"Yuventus"ning shimoliy koreyalik sobiq hujumchisi uzoq tanaffusdan so‘ng JCH-2026 saralashida ko‘rinish berdi.

2014 yil Shimoliy Koreya futbol federasiyasi hamda Italiyaning "ISM" futbol akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida, 1998 yilda tug‘ilgan shimoliy koreyalik o‘smir futbolchilar jamoasi Italiyaga olib ketilgan. 2017 yilga kelib, ular orasidan Xan Kvan Son "Kalyari" va Choy Son Xyok esa "Perudja" bilan shartnoma imzolashgan.

Xan 18 yoshidayoq "A seriya"dagi ilk golini "Torino" posboni Jo Xart darvozasiga kiritgan. "Perudja"dan Italiyaning yanada quyi ligalariga yo‘l olgan sherigi Choydan farqli ravishda, Xan 2020 yilda "Yuventus" tarkibiga qo‘shiladi. Shu yilning o‘zida BMT Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturi bo‘yicha sanksiyalarini kuchaytiradi va Xan uchun muammolar boshlanadi.

Nazariy jihatdan, Shimoliy Koreya yadroviy dasturini moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbatan sanksiya qo‘llana boshlanadi. Shimoliy Koreyaning xorijda, shartnoma asosida ishlovchi har bir fuqarosi o‘z maoshining taxminan 80 foizini davlat hisobiga o‘tkazib berishi shart. Bu esa Xanning "Yuventus"da oladigan maoshi - nazariy jihatdan, Shimoliy Koreya yadroviy dasturini moliyalashtirishga ishlatilishi mumkin degani edi.

O‘ziga qo‘shimcha bosh og‘rik orttirishni xohlamagan "Yuventus" rahbariyati Xanni Qatarning "Duxeyl" klubiga sotib yuboradi. Xan mavsum oxiridagi 3 ta goli bilan "Duxeyl"ga Qatar chempionligini qo‘lga kiritishda yordam beradi. Ammo ko‘p o‘tmasdan, ushbu transfer BMT sanksiyalariga zid deb topiladi. "Duxeyl" Xanni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi va 2021 yildan keyin Xanni boshqa hech kim, hech qaysi klubda ko‘rmaydi.

Mana oradan 2 yil o‘tib, qahramonimiz Suriyaga qarshi JCH-2026 saralash o‘yinida bir taym harakat qildi. Lekin Xanning qaysi klubda to‘p tepayotgani haligacha noma’lum. Xanning Italiyadagi sherigi Choy Son Xyok so‘nggi marotaba 2020 yil Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubida ko‘rinish bergan bo‘lib, terma jamoa safidagi Suriyaga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirildi.

Kiritildi: 21:24, 19.11.2023.
O'qildi: 2558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.