Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rodrigo: «Madrid» - bu mening hayotim»

Rodrigo: «Madrid» - bu mening hayotim»

Baho:
+ | -

Braziliyalik vinger Rodrigo Silva de Gois yaqinda «Real Madrid» bilan shartnomasi muddatini 2028 yilgacha uzaytirdi.

22 yoshli iqtidor sohibi barcha hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin klub televideniyesi mehmoni bo‘ldi va ko‘pchilikni qiziqtiradigan bir qator savollarga javob berdi.

Shartnoma muddati 

- Hamkorlik vaqtini cho‘zganimizdan bag‘oyat mamnunman. Bu men uchun alohida kun, albatta. «Madrid» bilan shartnoma tuziladigan zalga qaytish juda yoqimli. Yoshligimdan hamisha faqat «Real»da o‘ynashni orzu qilganman. Shundan ekan, o‘rtadagi kelishuv yangilangani menga o‘zgacha xotirjamlik bag‘ishlaydi. Qachonki ushbu futbolkani kiyib, maydonda mashg‘ulotga kirishsangiz, «Real Madrid» naqadar buyuk ekanligini chuqurroq tushunasiz. Keyin o‘zingizga beixtiyor pichirlaysiz: «Bo‘ldi, shu klub - mening hayotim». Jamoa safiga qo‘shilgan ham bir futbolchi bunday ajib tuyg‘uni tuyishi, barchasini o‘z boshidan o‘tkazishini istardim.

«Real»dagi unutilmas lahza

- Albatta, Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘yinda urgan ikkinchi golimni hech qachon unutmayman. O‘sha lahza xotiramda abadiy yashaydi.

Tajribali ijrochilar maslahatlari

- Ayniqsa, Luka Modrichdan minnatdorman, u har doim o‘rinli maslahatlari bilan yordam beradi. Asosiysi, o‘rtamizda ajoyib munosabatlar shakllangan. Deylik, yetarli o‘yin amaliyotisiz qolganimda, Luka chinakamiga qo‘llab-quvvatladi, ishlashda davom etishim zarurligi va vaqtim kelishini uqtirib turdi tez-tez. Uning samimiy so‘zlari haqiqiy dalda bo‘lib, o‘zimga keldim va har kuni kuchli ishtiyoq bilan shug‘ullana boshladim. Mana, aytganidek, vaqtim ham keldi. Ya’ni muntazam o‘ynay boshladim, gollar urishni ham paysalga solmadim. Qisqasi, jamoaning muhim murvatiga aylandim, menimcha.

Kuchli motivasiya

- Doimiy odat bo‘yicha har kuni uydan baxtiyor holda, kuchli g‘ayrat bilan chiqaman. Binobarin, «Real»da shug‘ullananishning o‘zi zavq beradi mislsiz. Xullas, bu men uchun eng katta motivasiya hisoblanadi.

Orttirilgan tajriba

- Bu yerda avvalo, hech qachon oldindan qo‘l ko‘tarmaslik, taslim bo‘lmaslikni o‘rgandim. Maydonda ham har doim oxirigacha kurashaman. «Real» ta’minlagan eng katta tajriba - shu.

Florentino Peres shaxsi

- Chin fenomen va o‘ziga xos inson. U hammamiz bilan to‘g‘ri muloqot qiladi. Jumladan, menga ham har doim yaxshi gaplar aytadi. Rahbardan ijobiy fikr eshitish esa juda muhim. Umuman, Peres hayotim va faoliyatimda katta rol o‘ynagan inson, unga hurmatim baland.

8ta sovrindan kolleksiya 

- Klub bilan imkoni bor barcha sovrinlarni yutishni orzu qilganman, lekin, to‘g‘risi, bunga atigi 4 yil ichida erishish mumkinligini o‘ylamagandim ham. CHL - maxsus turnir, unda zafar quchish ko‘proq vaqt talab etishini bilardim. Tushunarliki, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga ulgurganimdan faxrlanaman. Endi esa har birini qayta-qayta yutishni xohlayman.

Vinisius bilan sheriklik

- Braziliyadan «Madrid»ga deyarli bir vaqtda keldik va ikkimiz ham juda yosh edik. Keyin birgalikda o‘z hikoyamizni yoza boshladik. Jumladan, CHLda g‘alaba nashidasini surdik, imkoni bor barcha sov­rinlarni birma-bir qo‘lga kiritdik. «Real» futbolkasi har ikkimizni mashg‘ulotlarni izchil davom ettirish va bor kuch bilan o‘ynashga undaydi. Do‘stingiz yonida va u bilan birga yuqoriga intilish - alohida baxt. Viniga akamdek qarayman, birgalikda yanada o‘sishdan umidvorman.

«Real» darajasi

- Futbol olamida «Real Madrid»dan kattaroq klub yo‘q. Bu yerda hammasi eng yuqori darajada. Oddiy aytganda, «Qirollik klubi» bosh­qasi bilan taqqoslanmaydi aslo.

O‘zgarishlar mohiyati

- Har jihatdan o‘zgarganim - ayni haqiqat. Hozirda o‘z salohiyatimga ishonchim mustahkam, o‘zimni ancha kuchli his qilyapman. Shuningdek, jamoa­doshlarimga ham ishonaman. Yana ham jismonan, ham texnik tomondan ancha yaxshilandim.

Oila yondashuvi

- Otam har doim aynan «Real»da o‘ynash orzusida shug‘ullanganimni yaxshi biladi. Gollarim, yutuqlarim unda kuchli his-tuyg‘ular uyg‘otishi tayin. Shartnomam muddatini uzaytirganim ham otamga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, albatta. Asosiysi, u men bilan faxrlanadi va bundan baxtiyorman.

«Bernabeu»dagi muxlislik

- Ta’riflashga til ojiz. Har safar «Burnabeu» maydoniga tushish arafasida meni faoliyatimdagi yana bir alohida lahza kutayotganini teran anglayman. Muxlislar bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlab, qo‘shimcha kuch bag‘ishlashadi. Bunaqasini his qilish va nimalarni nazarda tutayotganimni tushunish uchun shunchaki, «Real» libosini kiyish, «Bernabeu» maydoniga tushib, o‘ynab ko‘rish kerak. Ha, birgalikda katta tarix egalarimiz...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 19.11.2023.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.